Shohista Muhammadjonovna Turgʻunova (1978-yil 14-noyabr, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbek oʻqituvchisi va siyosatchisi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis IV-chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi aʼzosi.

Biografiyasi Shohista 1978-yil 14-noyabrda Namangan viloyatida tugʻilgan. Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan. Deputatlikka saylangunga qadar Chortoq tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri lavozimida ishlab kelgan.

2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IV-chaqiriq Qonunchilik palatasiga saylangan va innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari qoʻmitasi tarkibiga kirgan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Namangan muhandislik-qurilish instituti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston oʻqituvchilari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar