Leyli Poʻlatovna Seitova (1970-yil 23-iyulda tugʻilgan, Nukus, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, OʻzSSR, SSSR) — oʻzbek siyosatchisi, iqtisodchisi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining byudjet va iqtisodiyot masalalari boʻyicha deputati. Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi aʼzosi. Oʻzbekiston Ekologik partiyasi aʼzosi. Iqtisodiyot fanlari nomzodi. Nukus viloyati moliya boshqarmasi boshligʻi.

Biografiyasi Seitova Leyli Po‘latovna 1970-yil 23-iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida tug‘ilgan. 1992-yilda — Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Biroz vaqt o‘tgach, o‘sha yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy ishlar vazirligining bosh mutaxassisi lavozimida ish boshlagan. 1993-1994-yillarda — O‘zbekiston Respublikasi Milliy banki Qoraqalpog‘iston filialida yetakchi mutaxassis lavozimida ishlagan. 1994- 1998-yillarda — Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining aspiranti. 1998-1999-yillarda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida bosh mutaxassis lavozimida ishlagan. 1999-2005-yillarda — Nukus qishloq xo‘jalik kolleji direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2006-2007-yillarda — Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti „Biznesni boshqarish“ kafedrasi dotsenti. 2007-yilda —Qoraqalpog‘iston Respublikasi G‘aznachilik boshqarmasi katta inspektori, keyinroq boshlig‘i lavozimiga tayinlanib, 2015-yilgacha shu yerda ishlagan.2015-2017-yillarda —Xo‘jayli tumani G‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2017-yildan beri Leyli Po‘latovna Nukus viloyati moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlaydi.

Manbalar

Turkum:1970-yilda tugʻilganlar Turkum:23-iyunda tugʻilganlar Turkum:Nukusda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Ekologik partiyasi a’zolari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar