Vera Yevgeniyevna Bazarova (ruscha: Вера Евгеньевна Базарова; 1993-yil 28-yanvar, Yekaterinburg) — juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashgan rossiyalik figurali uchuvchi. Sherigi Yuriy Larionov bilan birga Vera 2007-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining kumush medali sovrindori, 2012-yil Rossiya chempioni, 2011- va 2014-yillardagi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori, 2012-yilgi Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan.
Yuliya 2014-yil bahoridan 2016-yil kuzigacha Andrey Deputat bilan juftlikda musobaqalarda chiqishlar qilgan. 2017-yil yanvar holatiga koʻra, bu juftlik Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) reytingida 22-oʻrinda turadi.
Faoliyati Vera Bazarova 3 yoshida oʻzining tu`gilgan shahri Yekaterinburgda konkida uchishni boshlagan. U yakkaxon konkida uchuvchi sifatida katta muvaffaqiyatlarga erisha olmagan va 12 yoshida murabbiy Lyudmila Kalinina uni oʻz guruhiga taklif qilgan. Bazarova onasi bilan Permga koʻchib oʻtgan edi, ammo u hozir Moskvada yolgʻiz oʻzi istiqomat qiladi.
Y. Larionov bilan juftlikda Vera Bazarova va Yuriy Larionov juftligi birinchi mavsumda xalqaro miqyosda chiqish qilib, oʻzlarining ilk oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida (2007) kumush medalni qoʻlga kiritdi. Bundan tashqari, oʻsha mavsumda ular Tayvanda oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-prida ikkinchi oʻrinni egallab, Junior Gran-pri finaliga yoʻllanma oldi va u yerda yettinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Juftlik 2014-yilda Budapeshtda boʻlib oʻtgan figurali uchish boʻyicha Yevropa chempionatida uchinchi, Sochi Olimpiadasida esa oltinchi oʻrinni egallagan.
Taʼlimi Vera Bazarova 2009-yilda Perm davlat pedagogika universitetiga oʻqishga kirgan.
Dasturlar link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b5/V._Bazarova_and_Y._Larionov_at_2010_European_Championships.jpg/229px-V._Bazarova_and_Y._Larionov_at_2010_European_Championships.jpg|right|thumb|343x343px| Vera Bazarova va Yuriy Larionov 2010-yilgi Yevropa chempionatida. Erkin dastur. MavsumQisqa dasturErkin dastur2014—2015My way Frank SinatraAdios Nonino Astor Piazzollo2013—2014TitineStenli BlekParis by Night Bob SinklerPoloveskiye plyaskiAleksandr Porfiryevich Borodin2012—2013Dreams of loveFranz LisztSpartakAram Xachaturyan2011—2012YearningGiacomo PucciniDoktor Jivagfilmi saundtrekiMoris Jarr2010—2011Adagio Secret Garden Temir niqobli odam filmi saundtrekiNik Glenni-Smit2009—2010Grust Igor KamenskiyTogʻlar aro yetti yilfilmi saundtrekiJohn Williams2007—2008Boy s tenyufilmi saundtrekiAleksey SheliginEragonfilmi saundtrekiPatrik Doyl2006—2007 Sevgi Tarixifilmi saundtrekiFransis LeAmélie filmi saundtrekiYan Tersen
Sport yutuqlari Musobaqa 2014 — 2015 2015 — 2016 2016 — 2017 Gran-pri bosqichlari: Xitoy kubogi 4 Gran-pri bosqichlari: NHK Trophy 4 4 Gran-pri bosqichlari: Skate Canada 5 WD Qishki Universiada 4 Lombard kubogi 3 Nitsa xalqaro kubogi 2 Tirol kubogi 1 Rossiya chempionati 5 6 Rossiya kubogi 3 1 WD — musobaqadan chiqib ketgan
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:28-yanvarda tugʻilganlar