„Ti menya zabud“ (, yaʼni „Sen meni unut“) — oʻzbek DJi va xonandasi DJ Piligrim (haqiqiy ismi Ilhom Yoʻlchiyev) ijro etgan qoʻshiq. 2008-yil yakunida eʼlon qilingan, ammo ayrim manbalarda 2008-yil chiqarilgan, deb yozilgan. Qoʻshiq xonandaning „Ti menya…“ nomli albomiga kiritilgan. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham DJ Piligrim yozgan. Tarona xonandaning 2020-yil qilingan „Pesni na russkom 2020 Vol-1“ terma albomiga kiritilgan. Qoʻshiq nafaqat Oʻzbekistonda, balki qoʻshni respublikalarda hamda Rossiyada xitga aylangan. DJ Piligim aynan shu qoʻshiq eʼlon qilinishi ortidan Rossiyada shuhrat qozongan.
„Ti menya zabud“ qoʻshigʻi uchun olingan klipda DJ Piligrim oq rangli xonani barbod qiladi. Klip davomida u yugurib ketayotgani ortga aylantirib koʻrsatiladi. Klipning ikkinchi yarmida uy barbod qilingan kadralar ortga qaytariladi. Video yakunida esa DJ Piligrim taronani tomoshabinlar oldida ijro etayotyani tasvirlangan. Klip 2007-yil eʼlon qilingan, ammo DJ Piligrimning rasmiy YouTube kanaliga 2020-yilda yuklangan.
2020-yil DJ Piligrim qoʻshiqni kelib chiqishi qozogʻistonlik xonanda Natan bilan yangi talqinda ijro etgan. Mazkur versiyada Natan yangi yozilgan kupletlarni kuylagan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:DJ Piligrim qoʻshiqlari Turkum:2008-yil qoʻshiqlari Turkum:Rus tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar