Tashqi video Camille Kostek ishtirokidagi musiqiy video „So Close“() — bu shved qoʻshiqchisi va produseri NOTD, nemis qoʻshiqchisi va produseri Felix Jaehn, amerikalik qoʻshiqchi va produser Captain Cuts va ingliz qoʻshiqchisi Georgia Kular hamkorlikda yaratgan singl. „So Close“ qoʻshigʻi 2018-yil 2-noyabrda omma eʼtiboriga havola etilgan. „So Close“ qoʻshigʻining matnini Samuel Brandt, Tobias Danielsson(NOTD), Felix Jaehn,Ben Berger,Ryan McMahon,Ryan Rabin, Georgia Kular hamkorlikda yozishgan. „So Close“ qoʻshigʻi 2019-yil 2-martdagi "Billboard" sonida AQShning "Billboard Dance Club Songs" va „Dance Mix Show Airplay“ chartlaida birinchi oʻrinni egalladi. „So Close“ qoʻshigʻi AQSHning „Billboard“ chartlarida birinchi oʻrinni egallashidan avvalroq Avstraliya, Yangi Zelandiya va Germaniya chartlarida eng yaxshi 50 ta xit qoʻshiqlar roʻyxatiga kiritilgan edi.
„So Close“ qoʻshigʻi „Sports Illustrated Swimsuit“ jurnalining birinchi muqovasida rasmi chiqadigan aktrisa Camille Kostek ishtirokidagi musiqiy videosi uchun koʻproq eʼtibor qozondi.
Musiqa videosi "So Close" qoʻshigʻining musiqiy videosi 2018-yil dekabr oyida chiqarilgan. 2018-yil dekabr oyida chiqarilgan birinchi musiqiy videoda ish joyida uchrashib, bir-birini sevib qolgan erkak va ayol tasvirlangan.
2019-yil iyun oyida „So Close“ qoʻshigʻining ikkinchi musiqiy videosi chiqarildi. Bu yangi musiqiy videoda "Sports Illustrated Swimsuit" jurnalining birinchi sahifasida rasmi chiqariladigan aktrisa Camille Kostek rol oʻynagan va shuning uchun bu video koʻproq mashhurlik olib kelgan.
„So Close“ qoʻshigʻining musiqiy videosi davomiyligi uch daqiqa oʻn soniyani tashkil qiladi.
Chartlar Haftalik chartlar Chart (2018-2020) Oʻrin Germaniya(Germany Dance) (Official German Charts) 9
Yil chartlari Chart (2019) Oʻrin AQSH „Dance Club Songs“ (Billboard) 15 AQSH „Hot Dance & Electronic Songs“ (Billboard) 24
Yana qarang 2019-yilning birinchi raqamli raqs qoʻshiqlari roʻyxati (AQSh ) 2019-yilda birinchi raqamli raqs efir hitlari roʻyxati (AQSh )
Manbalar
Turkum:2018-yil qoʻshiqlari Turkum:Qo'shiqlar