Husniddin Bahrom oʻgʻli Nishonov (1998-yil 19-mayda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional mini-futbolchi, „BMB“ futzal klubi va Oʻzbekiston mini-futbol terma jamoasi hujumchisi.
Faoliyati Husniddin Nishonov bugungi kunda Belarusning „Viten“ futzal klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Yutuqlari Husniddin Nishonov ketma-ket uch yil davomida Oʻzbekistonda „yilning eng yaxshi futzalchisi“ deb topilgan. AGMK hozirgi OKMK), „Jizzax Kenteks“ va BMB klublari safida 3 karra Oliy liga chempioni boʻlgan. Futzal boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida Jahon chempionatida 2 marta ishtirok etgan. Osiyo chempionati bronza medali sohibi boʻlgan. 2021 va 2024-yilgi futzal boʻyicha jahon chempionatida ishtirok etganOʻzbekistonlik futzalchi JCHning eng yaxshi yosh futbolchilari qatoridan oʻrin oldi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston futzalchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futzal boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi futbolchilari