„Purple Lamborghini“ () —— amerikalik DJ Skrillex va amerikalik reper Rick Ross birgalikda ijro etgan qoʻshiq. „Purple Lamborghini“ qoʻshigʻi 2016-yik 22-iyulda „Atlantic Records“ va „Owsla“ leybllari tomonida 2016-yilda DC Comicsning „Suicide Squad“ albomi uchun kinofilm saundtreki sifatida chiqarilgan. „Purple Lamborghini“ qoʻshigʻining videosi uchun Jared Leto „The Joker“ filmidagi rolini qayta oʻynagan. „Purple Lamborghini“ qoʻshigʻi 2016-yil dekabr oyidagi „Grammy“ mukofotining „vizual media uchun yozilgan eng yaxshi qoʻshiq“ yoʻnalishida mukofotni qoʻlga kiritgan. „Purple Lamborghini“ qoʻshigʻi „Billboard Hot 100“ roʻyxatida 33-oʻrinni egallagan.
Fon "Purple Lamborghini" qoʻshigʻi Skrillex va Beat Billionaire hamkorligida ishlab chiqarilgan. Qoʻshiqda filmdagi qahramon va motivlarga bir nechta yangi havolalar qoʻshilgan. Masalan, qoʻshiqda Killer Croc, Deadshot va Gotham City haqidagi havolalar mavjud. Bunday havolalar qoʻshilishiga sabab, qoʻshiq nomiga yuqoridagi aktyorlarning film va vidoelari bogʻliqligi sabab boʻlgan. Misol uchun, Joker binafsharang timsoh terisidan tikilgan palto kiyadi, binafsharangdagi qurollardan foydalanadi.
Tanqidiy qabul "Purple Lamborghini" qoʻshigʻi haqidagi mulohazalarda „Pitchfork“ quyidagilarni yozgan: „Trek deyarli intuitiv va Rossning ovozi bir muncha kuchliroq yangraydi. Qoʻshiqning bass chastotalari bir muncha past yozilgan.“
Musiqa videosi 2016-yil avgust oyida Skrillex „Purple Lamborghini“ qoʻshigʻining videosini oʻzining You Tube akkountiga joylashtirdi. 2022-yil may oyi holatiga koʻra, „Purple Lamborghini“ qoʻshigʻining videosi You Tubeda 500 milliondan ortiq marotaba koʻrilgan.
„Complex“ nashriga bergan intervyusida Skrillex „Purple Lamborghini“ qoʻshigʻining videosida Jared Letoning "The Joker' filmidagi rolini takrorlashi uning gʻoyasi ekanligini aytgan.
Oʻsha intervyuda Skrillex musiqiy videoniu suratga olish jarayonida Jared Letoning unga qarat axlat toʻla idishni uloqtirganini ham aytib oʻtdi. Leto shuningdek, video suratga olish paytida Skrillexga katta „dildo“ ham sovgʻa qilgan. Letoning Skrillexga bergan sovgʻalari „Suicide Squad“ filmini suratga olish paytidagi boshqa aktyor va jamoa aʼzolariga bergan qoʻpol sovgʻalaridan biri edi (Letoning oldingi sovgʻalaridan baʼzilarining orasida oʻlik choʻchqa ham bor edi).
Skrillex, shuningdek, Vinnie Hobbs va Andrew Leiroslarga musiqa videosini tahrirlash va ishlab chiqarish jarayonida katta yordam berdi.
Qiziq tomoni shundaki, „Purple Lamborghini“ qoʻshigʻi uchun tayyorlangan musiqiy videoda binafsha rangli Lamborghini avtomobili mavjud emas.Chunki Skrillex suratga olish uchun oʻzining lambarghini avtomobilini „Tilley“ and „Atlantic Records“ leybllariga foydalanish uchun bermagan.
Chartlar Haftalik chartlar Chart (2016—2017) Oʻrin Fransiya (SNEP) 58 Italiya (FIMI) 67
Yillik chartlar Chart (2016) Oʻrin AQSH (US Hot Dance/Electronic Songs (Billboard)) 20 Chart (2017) Oʻrin AQSH (US Hot Dance/Electronic Songs (Billboard)) 45
Manbalar
Havolalar
Lyrics of this song at Genius Turkum:2016-yil qoʻshiqlari Turkum:Qo'shiqlar