Pallastunturi — Finlandiyaning Laplandiya hududiga qarashli Muonio va Enontekiö munitsipalitetlarida joylashgan yetti choʻqqidan iborat togʻlar guruhi. Eng baland choʻqqisi — boʻlgan Taivaskero choʻqqisi boʻlib, u Kasivarsi hududidan tashqari butun Laplandiya va Pallas-Illästunturi milliy bogʻining eng baland choʻqqisi hisoblanadiSights around Pallastunturi Fell Outdoors.fi. Retrieved 8 February 2014..

Turizm rivoji Pallastunturi hududidagi daraxtlar Pallas-Yllästunturi milliy bogʻida joylashgan boʻlib, mazkur milliy bogʻ 1938-yilda tashkil etilgan. Pallastunturi qirlari Finlandiyaning 27 nafar milliy landshaftlari roʻyxatiga kiritilgan va hukumat himoyasiga olinganMeaningful National Landscape ..

Pallastunturi mehmonxonasi 1938-yilda sharshara yaqinida bunyod etilgan. Funksionalistik uslubda qurilgan ushbu bino 1944-yil oktyabr oyida Laplandiya urushi vaqtida nemis qoʻshinlari tomonidan vayron qilingan. 1948-yildan uning oʻrniga yangi qurilgan mehmonxona oʻz faoliyatini boshladiPallas Lapland Hotels. Retrieved 8 February 2014.. Mazkur mehmonxonaga asosan qish oylarida tashrif buyuruvchilar soni ortadi. Ular qutb kunlarida paydo boʻladigan shimol yogʻdusidan bahramand boʻlish va Rojdestvo bayramini nishonlash maqsadida bu yerga tashrif buyuradilar.

1952-yilgi Olimpiya olovi 1952 yil 6-iyul yarim tunda Taivaskero choʻqqisi tepasida 1952-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlarining ikkinchi Olimpiya mash’alasi yoqildi. Mash’ala qutb kunlarida chiqadigan quyosh nuri bilan hosil qilingan va Tornio shahriga olib borilgan hamda u yerda Gretsiyaning Olimpiya shahrida yoqilgan asosiy mash’ala bilan birlashtirilgan. Yunon olovi Gretsiyadan Daniyaga olib borilgan va keyinchalik yuguruvchilar jamoasi mash’ala estafetasi davomida uni Shvetsiya orqali Finlandiyaga olib oʻtganlar.

Galereya

Manbalar

Havolalar

Pallas-Yllästunturi milliy bogʻlari rasmiy veb-sayti

Turkum:Muonio Turkum:Finlandiya togʻlari Turkum:1952-yilgi Yozgi Olimpiada