Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro ayollar futbol assotsiatsiyasida Italiyani himoya qiladi. Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasining faoliiyati Italiya Futbol Federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi.

Italiya ayollar terma jamoasining oldingi natijalari Italiya 2013-yil Shvetsiyada bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionatiga saralash guruhida o‘nta o‘yindan to‘qqiztasida g‘alaba qozonib yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Turnirda Italiya terma jamoasi mezbon Shvetsiya, Daniya va Finlandiya terma jamoalari bilan „A“ guruhidan joy oldi. Bitta g‘alaba, bir durang va bir mag‘lubiyat bilan Italiya guruh bosqichidan ikkinchi o‘rin bilan chorak finalga yo‘l oldi, biroq chorak finalda Germaniya ayollar terma jamoasiga 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Keyingi ikki yil ichida Antonio Cabrini boshchiligidagi Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2015-yilgi jahon chempionati saralashida ishtirok etdi: oʻnta oʻyinda sakkizta gʻalaba qozonishiga qaramay (shu jumladan Makedoniya ayollar terma jamoasiga qarshi ikkita rekord darajadagi gʻalaba (11-0 va 15-0)) Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi guruhda Ispaniya terma jamoasidan keyin ikkinchi o‘rinni egallab, pley-offga yo‘l oldi. Pley-offning birinchi bosqichida Italiya Ukraina ayollar terma jamosini umumiy hisobda 4:3 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, pley-offning so‘nggi bosqichida Gollandiya terma jamoasiga umumiy hisobda 3:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi va Jahon chempionatiga yoʻllanma ola olmadi. Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2017-yilgi Yevropa chempionatida „B“ guruhida Germaniya, Shvetsiya va Rossiya ayollar terma jamoalaridan magʻlub boʻlib so‘nggi o‘rinni egalladi.

Muvaffaqiyatli yillar link=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/17/Italia_Team_%28Women_World_Cup_France_2019%29.jpg/240px-Italia_Team_%28Women_World_Cup_France_2019%29.jpg|right|thumb|Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi terma jamoasi 2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Avstraliyaga qarshi oʻyinda. 2018-yil 8-iyun kuni, so‘nggi ishtirokidan yigirma yil o‘tib, Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi 2019-yilgi FIFA Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Jahon chempionatining guruh bosqichida Italiya Avstraliya (2:1) va Yamayka (5:0) ayollar milliy futbol terma jamoalari ustidan ikkita gʻalaba qozonib pley-off bosqichiga chiqdi. Guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyinda Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasining Braziliya ayollar futbol terma jamoasiga (0:1) magʻlubiyati ahamiyatsiz boʻldi. 1/8 finalda Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Xitoy terma jamoasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ikkinchi marta Jahon chempionatida chorak finalga yo‘l oldi. Biroq, amaldagiYevropa chempioni Niderlandiya terma jamoasiga 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchragan Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasining Jahon chempionatidagi yoʻli 2019-yil 29-iyunda oʻz nihoyasiga yetdi

Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Portugaliya davlatida oʻtkazilgan 2020-yilgi Algarve kubogida ishtirok etdi. Saralash bosqichida mezbonlarni 2:1 hisobida magʻlub etgan Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi yarim finalga yoʻl oldi va u yerda Yangi Zelandiya ayollar milliy terma jamoasini 3:0 hisobida magʻlub etdi va finalga yoʻl oldi. Finalda Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Germaniaya ayollar tema jamaosi bilan toʻqnash kelishi kerak edi. Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq muammolar boʻyicha finalda ishtirok eta olmadi va Germaniya ayollar terma jamoasi umum natijalar boʻyicha tanlovda gʻolib deb topildi.

2019-2021-yillar oraligʻida oʻtkazilgan UEFA Ayollar oʻrtasidagi Evro-2022 musobaqasi saralashida Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi Daniya, Bosniya va Gersegovina, Malta, Isroil va Gruziya ayollar milliy terma jamoalari bilan bir guruhda toʻqnash keldi. Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻz guruhida ikkinchi oʻrinni egallab, Daniya terma jamoasiga qarshi ikki oʻyindagi durang va magʻlubiyatdan tashqari barcha oʻyinlarda gʻalaba qozondi va 2022-yilgi UEFA ayollar oʻrtaasidagi Yevropa chempionatiga yoʻllanma oldi.

Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻtkazgan oʻyinlari roʻyxati Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasining natijasi har bir hisobda birinchi boʻlib koʻrsatilgan. SanaOʻyin oʻtkazilgan joyRaqib jamoaHisobMusobaqaItaliya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida gol urgan futbolchilarMan.2020-yil martEstádio Algarve, Faro/Loulé (neytral maydonda)2-12020-yilgi Algarve kubogiLinari, Girelli2020-yil martVista Municipal Stadium, Parchal (neytral maydonda)3-02020-yilgi Algarve kubogiGirelli, Bonansea, Tarenzi2020-yil sentabrVista Municipal Stadium, Parchal (neytral maydonda)0-02020-yilgi Algarve kubogi2020-yil sentabrBosnia and Herzegovina FA Training Centre, Zenica (safarda)5-02022-yilgi UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash oʻyiniGalli, Girelli (3), Linari2020-yil oktabrStadio Carlo Castellani, Empoli (uy oʻyini)1-32022-yilgi UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash oʻyiniGiacinti2020-yil dekabrViborg Stadium, Viborg (safarda)0-02022-yilgi UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash oʻyini2021-yil fevralStadio Artemio Franchi, Florensiya (uy oʻyini)12-02022-yilgi UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash oʻyiniGiacinti (2), Bonansea (2), David (o.g.), Girelli, Salvai,Rosucci, Sabatino (2), Caruso, Giugliano2021-yil aprelCampo Enzo Bearzot, Coverciano (uy oʻyini)1-0Oʻrtoqlik oʻyiniCaruso2021-yil aprelCampo Enzo Bearzot, Coverciano (uy oʻyini)1-1Oʻrtoqlik oʻyiniGiacinti2021-yil iyulStadio Paolo Mazza, Ferrara (uy oʻyini)1-0Oʻrtoqlik oʻyiniGirelli2021-yil iyulStadion Wiener Neustadt, Wiener Neustadt (safarda)3-2Oʻrtoqlik oʻyiniSoffia (2), Linari2021-yil sentabrStadio Nereo Rocco, Trieste (uy oʻyini)3-02023-yilgi FIFA ayollar o'rtasidagi Jahon chempionati saralash o`yinlariGirelli (2), Giacinti2021-yil sentabrStadion Branko Čavlović-Čavlek, Karlovac (safarda)5-02023-yilgi FIFA ayollar o'rtasidagi Jahon chempionati saralash o`yinlariGama, Giacinti (2), Girelli, Cernoia2021-yil oktabrStadio Teofilo Patini, Castel di Sangro (uy oʻyini)3-02023-yilgi FIFA ayollar o'rtasidagi Jahon chempionati saralash o`yinlariCernoia, Girelli, Pirone2021-yil oktabrLFF Stadium, Vilnius (safarda)5-02023-yilgi FIFA ayollar o'rtasidagi Jahon chempionati saralash o`yinlariCernoia, Pirone, Giacinti, Gama, Caruso2021-yil noyabrPalermo, Stadio Renzo Barbera (uy oʻyini)1-22023-yilgi FIFA ayollar o'rtasidagi Jahon chempionati saralash o`yinlariBonansea2021-yil noyabrStadionul Anghel Iordănescu, Voluntari (safarda)5-02023-yilgi FIFA ayollar o'rtasidagi Jahon chempionati saralash o`yinlariCernoia, Girelli (3), Pirone2022-yil fevralEstádio Municipal de Lagos, Lagos (neytral maydonda)1-02022-yilgi Algarve kubogiBonansea2022-yil fevralEstádio Algarve, Algarve (neytral maydonda)2-12022-yilgi Algarve kubogiGiacinti, Caruso2022-yil fevralEstádio Municipal de Lagos, Lagos (neytral maydonda)1-12022-yilgi Algarve kubogiGiacinti

Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasining oʻtkazgan oʻyinlari (raqib terma jamoalar kesimida)

Manbalar