Kim Min-U () (1990-yil 25-fevralda tugʻilgan) — janubiy koreyalik futbolchi, hozirda Chengdu Rongcheng jamoasida oʻynaydi. Xalqaro maydonda Janubiy Koreya terma jamosi sharafini himoya qiladi.
Klubdagi faoliyati
Ilk yillari Kim Seuldagi Yonsei universitetida tahsil olgan. U Yonsei universitetida talabasi boʻlganida, 2009-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida Janubiy Koreyaning 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi tarkibida 3 ta gol urgan va jamoa chorak finalga chiqishiga yordam bergan. U-20 Jahon chempionatidagi ajoyib oʻyinlaridan soʻng Kim gollandlarning chaqiruviga koʻra PSV Eyndxovenda sinovlarni oʻtkazgan, ammo sinovlardan oʻta olmagan. Sinovlar Yonsei universitetining xabarisiz oʻtkazilganligi tufayli Kim universitet futbol jamoasidan chetlashtirilgan.
Sagan Tosu Gollandiyaning PSV jamosi bilan bogʻliq muaommolardan keyin Koreyada faoliyatini davom ettira olmagan Kimni hamyurti Yun Jung-Xwan Yaponiyaning J. Liga 2-divizioni vakili Sagan Tosu jamoasi safiga taklif qilgan va Kim Yaponiyaliklar bilan muzokaralar oʻtkazgan. Kim Sagan Tosu bilan uch yillik shartnoma imzolagan.
Xalqaro faoliyati U 2009-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida Janubiy Koreya U-20 terma jamoasi tarkibida harakat qilgan. Kim birinchi marta 2010-yilda Nigeriya milli futbol terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun Janubiy Koreya terma jamoasidan chaqiruv olgan.
2018-yil may oyida u Janubiy Koreyaning 2018-yil Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun dastlabki 28 kishilik tarkibiga kiritilgan. Lekin Kim jahon chempionatining tasdiqlangan roʻyhatiga kiritilmagan.
Faoliyat statistikasi
Klub Faoliyatidagi klublariLigaKubokLiga KubogiQitʼaJamiMavsumKlubLigaOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolOʻyinGolYaponiyaLigaImperator KubogiJ. Liga KubogiQitʼaJami2010Sagan TosuJ2 Liga24410 - -254201128710 - -2972012J1 Liga3121040 -36220133355030 -41520143463030 -40620153322010 -36220163053030 -365Janubiy KoreyaLigaKFA KubogiLiga KubogiQitʼaJami2017Suwon Samsung BluewingsK Liga 130630 -603962018Sangju Sangmu36200 - -362201920200 - -202Suwon Samsung Bluewings6121 - -82202027420 -71365202133600 - -336JamiYaponiya21331160140-24331Janubiy Koreya1522171-13117223Karyerada jami3655223114013141554
Xalqaro maydondagi gollar # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2014-yil 10-oktyabr Cheonan stadioni, Janubiy Koreya 1-0 2-0 Oʻrtoqlik
Yutuqlar
Xalqaro
Janubiy Koreya
EAFF Sharqiy Osiyo kubogi : 2015, 2017
Klub
Suvon Samsung Bluewings
Koreya FA kubogi : 2019
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Janubiy Koreyalik erkak futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 oʻyinchilari