Ellen Ochoa (talaffuzi: Ellen Ochua1958-yil 10-mayda tugʻilgan) - amerikalik muhandis, sobiq astronavt va Jonson kosmik markazining sobiq direktori. 1993-yilda Ochoa Space Shuttle bortida toʻqqiz kunlik missiyada xizmat qilgan. U kosmosga uchgan birinchi ispaniyalik ayol boʻldi. Ochoa 2012-yil 31-dekabrda Jonson kosmik markazining direktori bo‘ldi.

Erta hayot va ta'lim Ellen Lauri Ochoa 1958-yil 10-mayda Los-Anjelesda ( Kaliforniya) Jozef va Rozanna Ochoa oilasida tugʻilgan. U Kaliforniyaning La Mesa shahrida oʻsgan. Ochoa oʻrtancha farzand bolib, ota-onasining hech biri oliy ma'lumotga ega emas edi.

Ochoa 1975-yilda El Cajondagi Grossmont oʻrta maktabini tamomlagan. U oʻrta maktabda oʻqib yurganida ota-onasi ajrashgan. U onasi va ukalari bilan yashagan.

Ochoa San-Diego davlat universitetida fizika boʻyicha bakalavr darajasini oldi. 1985-yilda Stenford elektrotexnika boʻlimida fan magistri va doktorlik darajasiga ega boʻldi. San-Diego shtat universitetida oʻqigan davrida u fizika, matematika va muhandislik fanlarini yaxshi koʻrardi. Keyinchalik, fizika boʻyicha mutaxassis boʻlishga qaror qildi.

Karyera

Tadqiqot Ochoa Sandia National Laboratories va NASA Ames tadqiqot markazida tadqiqotchi sifatida faoliyat olib bordi. NASA Ames tadqiqot markazida u asosan avtomatlashtirilgan kosmik tadqiqotlar uchun optik tizimlar ustida ishlaydigan tadqiqot guruhini boshqargan. Sandia milliy laboratoriyalarida u optika haqida bilganlarini yadroviy qurollar boʻyicha olib borilayotgan tadqiqotlarda qoʻlladi. Ochoa Shuningdek optik tekshirish tizimi, optik ob'ektni aniqlash usuli va tasvirlardagi shovqinni yoʻqotish usuli uchun uchta patent boʻyicha muallif hisoblanadi.

Amesdagi Intellektual tizimlar texnologiyasi boʻlimi boshligʻi sifatida u 35 muhandis va olimlarni aerokosmik missiyalar uchun boshqargan. Ochoa texnik konferentsiyalar va ilmiy jurnallarda koʻplab ma'ruzalari bilan chiqqan. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/7/7d/Ellen_Ochoa_with_Robonaut2.jpg/170px-Ellen_Ochoa_with_Robonaut2.jpg|right|thumb| Ochoa Robonaut 2 yonida, 2010-yil 4-avgustda OAJ media kunida. 1985-yilda doktor Ochoa NASA Astronavt dasturiga ariza yubordi. Udan intervyu olindi, lekin tanlanmadi. U oʻz arizasini yangilab turdi, shuningdek, operatsion tajriba orttirish uchun uchuvchi litsenziyasini oldi va 1990-yildagi kosmonavtlar sinfining bir qismi sifatida yana suhbatga taklif qilindi.

Ochoa 1990-yilning yanvarida NASA tomonidan tanlangan va 1991-yilning iyulida astronavt bo‘lgan. Uning Astronavtlar idorasidagi texnik topshiriqlari qatoriga parvoz dasturlari, kompyuter texnikasi va robototexnika bo‘yicha vakil, Astronavtlar idorasi boshlig‘ining Kosmik stansiya bo‘yicha yordamchisi, Missiyalarni boshqarish bo‘yicha yetakchi kosmik aloqa operatori (CAPCOM) va missiya boshlig‘ining o‘rinbosari sifatida xizmat qilish kiradi.

Ochoa 1993-yilda Space Shuttle bortida to‘qqiz kunlik missiyada xizmat qilga. U koinotga uchgan birinchi ispaniyalik ayol bo‘ldi. Shuttle missiyasining maqsadi Yerning ozon qatlamini oʻrganish edi. Toʻrtta kosmik parvozlar faxriysi boʻlgan Ochoa kosmosda 1000 soatga yaqin vaqt oʻtkazgan. U STS-56 da missiya mutaxassisi (1993), STS-66 da foydali yuk komandiri, STS-96 va STS-110 da missiya mutaxassisi va bort muhandisi sifatida qatnashgan.

2007-yilda kosmik kemalar operatsiyalaridan nafaqaga chiqqanidan soʻng, Ochoa NASAning Jonson kosmik markazi direktori oʻrinbosari boʻlib ishladi. Astronavtlar idorasi va samolyot operatsiyalarini boshqarishga yordam berdi. 2013-yil 1-yanvarda Ochoa Jonson kosmik markazining direktori boʻldi.

Milliy xizmat Ochoa 2018-2020-yillarda Milliy fan kengashi raisining oʻrinbosari etib tayinlandi. Hozirda u Texnologiya va innovatsiyalar milliy medaliga nomzodlarni baholash qoʻmitasiga raislik qilmoqda .

Shaxsiy hayot Ochoaning eri Ko Miles, intellektual mulk boʻyicha advokat boʻlgan. Ularning ikki nafar o‘g‘li bor. Ochoa klassik fleytchi boʻlib, Stenford simfonik orkestri bilan birga nay chalgan. Kosmosga birinchi missiyasida u oʻzi bilan nay olib chiqqan.

Tan olish link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/fe/Ellen_Ochoa%2C_official_portrait.jpg/170px-Ellen_Ochoa%2C_official_portrait.jpg|right|thumb| Ochoa 2014-yil Vashington shtatining Pasco shahrida joylashgan Ochoa oʻrta maktabi, Kudaxidagi Ellen Ochoa boshlangʻich maktabi va Sharqiy Los-Anjelesdagi Ánimo Ellen Ochoa Charter oʻrta maktabi uning sharafiga nomlangan. Bundan tashqari, Grand Prairie, Texas Ben Milam boshlangʻich maktabida Ellen Ochoa STEM akademiyasi va Kaliforniyaning Piko Rivera shahrida Ellen Ochoa tayyorgarlik akademiyasi mavjud. Tulsa shahridagi ittifoq jamoat maktablaridan, yangi boshlangʻich maktabga uning nomi berilan.

Ochoa Vashingtonning Pasco shahridagi Ochoa oʻrta maktabining raketa logotipi tushirilgan bayroq bilan 2002-yil aprel oyida Xalqaro kosmik stansiyaga 11 kunlik missiya uchun Shuttle Atlantis bortida uchib ketdi. Ochoa 2002-yilda maktabga maxsus mehmon sifatida tashrif buyurdi va bayroqni qaytarib berdi shundan soʻng bayroq, doimiy ravishda namoyish etib kelinadi.

Ochoa koʻplab mukofotlarga sazovor boʻlgan, ular orasida NASAning "Buyuk xizmatlari uchun" medali (2015), Favqulodda xizmat medali (1997), Ajoyib yetakchilik medali (1995), kosmik parvoz medallari (2002, 1999, 1994, 1993) shular jumlasidan. Ochoa Hispanic Executive jurnalining 2017-yilgi “Best of the Boardroom” sonida Jonson kosmik markazi direktori lavozimidagi faoliyati uchun tan olingan. U 2018-yilgi Xalqaro havo va kosmik shon-shuhrat zali sinfiga kiritildi.

Ochoa Amerika Fanni Rivojlantirish Assotsiatsiyasi, Amerika Aeronavtika va Astronavtika Instituti, Milliy Ixtirochilar Akademiyasi maʼzosi.

Havolalar

IEEE dan Ochoaning tarjimai holi Ellen Ochoa " Makers" tomonidan ishlab chiqarilgan video: Amerikani yaratgan ayollar Ochoa bilan suhbat yosh ayollarga qaratilgan Milliy ayollar tarixi muzeyi - Ellen Ochoa bilan savol-javob (8-avgust, 2018-yil) NASA biografiyasi https://www.astronautscholarship.org/Astronauts/ellen-ochoa/ Manbalar

Turkum:Amerikalik fazogirlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1958-yilda tugʻilganlar Turkum:NASA Turkum:Kosmonavtlar