Kreyg Uilyam Pritchett (1949-yil 15-yanvar, Glazgoda tugʻilgan, Shotlandiya) — shotlandiyalik shaxmat boʻyicha xalqaro sport ustasi, qator shaxmatga oid kitoblar muallifi. U Allan Glen maktabida taʼlim olgan shuningdek, shaxmat klubining taniqli aʼzosi boʻlgan hamda maktab shaʼnini bir necha turnirlarda himoya qilgan. U 1966-1990yillarda – shaxmat olimpiadalarida Shotlandiy sharafini 9 marta himoya qilgan. U ikki marta (1977 va 2005 yillarda) Shotlandiya shaxmat chempionatida gʻolibchiqqan hamda ikkita Hududiy turnirda (1972 va 1975) oʻynagan. Shu bilan birga, u shaxmat murabbiyi.

Shotlandiya terma jamoasi natijalari Pritchett Shotlandiyani 1968-1970 – talabalar olimpiadalarida uch marta himoya qilgan. Quyida uning batafsil natijalari, olimpbase.org saytidan:

Ybbs 1968, -1-doska, 3/10 (+1 =4 −5); Drezden 1969, 2-doska, 4,5/8 (+2 =5 −1); Hayfa 1970, 2-doska, 2/9 (+1 =2 −6).

Pritchett 1966 – 1990-yilgacha Shaxmat Olimpiadalarida 9 marta Shotlandiyani va 1980-yilda Maltani himoya qilgan.Uning batafsil natijalari, olimpase.org saytidan. Uning117 ta oʻyindagi umumiy koʻrsatkichi (+43 =46 −28), 56,4 foiz.

Havana 1966, 4-doska, 6.5/16 (+4 =5 -7); Siegen 1970, 2-doska, 8.5/14 (+6 =5 -3); Skopje 1972, 2-doska, 12.5/18 (+9 =7 -2); Nice 1974, 1-doska, 9/15 (+7 =4 -4); Haifa 1976, 1-doska, 4.5/11 (+2 =5 -4); Buenos Aires 1978, 1-doska, 8/13 (+5 =6 -2); Malta Shaxmat Olimpiadasi 1-doska, 9/5 (+3 =4 -2) Lucerne 1982, 1-doska, 5/9 (+3 =4 -2); Dubai 1986, 3-doska, 5.5/11 (+3 =5 -3); Novi Sad 1990, 3-doska, 6.5/11 (+4 =5 -1).

Shotlandiya chempioni Pritchett ikki marta Shotlandiya chempioni boʻlgan. 1976-yilda xalqaro sport usta unvoniga sazovor boʻlgan. Uning batafsil natijalari:

Bearsden 1972, 4,5/7, 1-3 oʻrinlarni tenglashtirgan; Glasgo 1977, 5,5/7, 1-o‘rin; 1995-yil, 5,5/9, 4-o‘rin; Oban 1996, 5/9. Oban 2005, oʻyinni 2-oʻrin, Yakob Ogor „hors concours“ oʻynagan, ammo unvonga Pritchett sazovor boʻlgan.

Britaniya shaxmat chempionatidagi natijalari Pritchett Britaniya shaxmat chempionatida koʻp marotaba qatnashgan, odatda yaxshi natijalarga erishgan va ikki marta Hududiy turnirlarga yoʻllanma olgan. Batafsil:

Bristol 1968, 6,5/11; 7-11-oʻrinlar; Blekpul 1971, 7/11, 1972-yili Caorleda Hududiy saralash oʻyinlarida 6,5/17 toʻplagan; Brighton 1972, 5,5/11; Eastbourne 1973, 6/11; Morecambe 1975, 6.5/11, 6-9-oʻrinlar qoʻlga kiritib, Pula 1975da Hududiy turnirga yoʻllanma oldi, u yerda u avvalgi koʻrsatkichini 7-9-oʻrin uchun 7.5/14 bilan yaxshiladi, ammo hududlararo bosqichga chiqa olmadi; Brighton 1977, 5,5/11; Brighton 1980, 5,5/11; Sautport 1983, 6/11; Edinburg 1985, 6,5/11; Sautgempton 1986, 5,5/11; Suonsi 1987, 7/11, 6-oʻrinni egallagan; Blekpul 1988, 4,5/10.

Qoʻllanmalari Pritchett Denni Kopek bilan hammualliflikda "Yosh grossmeysterlarning eng yaxshi oʻyinlari" (Bell and Howell, London 1980) kitobini yozgan. Pritchett Nimzo Indian 4.e3: Nimzowitsch, Hubner va Taimanov Variatsiyalari (Batsford 1980) ni yozgan. Kopec bilan hammualliflikda — Shaxmat olamidagi daʼvogarlar va ularning uslublari (2002) nomli kitobini chiqaradi. Biroz vaqt oʻtib Starting Out: Sitsiliya Scheveningen kitobini 2006-yilda nashr ettirdi, Ushbu kitobning birinchi nashrini 1977-yilda yozilgan. 2008-yil yanvar oyida Pritchett 2008-yil yanvar oyida Pritchett „Play English: The Complete Chess Opening Repertuire for White“ kitobini chop etdi. Pritchett Glasgow Herald gazetasida shaxmat oʻyinlarini sharhlab boradi.

Manbalar

Havolalar

FIDE veb-saytida shaxsiy kartasi Chess DB veb-saytida shaxsiy karta Craig Pritchett player profile and games at Chessgames.com

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1949-yilda tugʻilganlar Turkum:Shotland shxamatchilari Turkum:Glazgolik sportchilar Turkum:Allan Glen maktabida tahsil olganlar Turkum:Shotlandiya shaxmatchilari Turkum:Shaxmat boʻyicha xalqaro ustalar Turkum:Shaxmat murabbiylari Turkum:Shotlandiya yozuvchilari Turkum:Britaniyalik shaxmat yozuvchilari Turkum:Shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar