Turkiy davlatlar tashkilotining 1-sammiti — Turkiy davlatlar tashkilotining 2022-yil 11-noyabr kuni Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan sammiti. Ushbu sammit tashkilot qayta tashkil qilingandan keyin hisob boʻyicha 1-sammit hisoblanadi (aslida 9-sammit).
Qatnashchilar
+ Qatnashchilar № F.I.Sh. Lavozim Mamlakat 1 Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston prezidenti 2 Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston Milliy kengashi Xalq maslahati raisi 3 Rajab Toyyib Erdoʻgʻan Turkiya prezidenti 4 Ilhom Aliyev Ozarboyjon prezidenti 5 Qosim-Joʻmart Toʻqayev Qozogʻiston prezidenti 6 Sadir Japarov Qirgʻiziston prezidenti 7 Viktor Orban Vengriya bosh vaziri
Ushbu tadbirda 5 ta a’zo mamlakat — Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston rahbarlari va 2 ta kuzatuvchi davlat — Turkmaniston hamda Vengriya davlatlari rahbariyati ishtirok etgan.
Shuningdek, Tashkilot Bosh kotibi, Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi (TURKPA) bosh kotibi, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) bosh kotibi, Turkiy tilli davlatlar parlament assambleyasi (TURKPA) bosh kotibi, Turkiy meros va madaniyat fondi prezidenti, Xalqaro turkiy akademiya prezidenti vazifasini bajaruvchisi, Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar Kengashi raisi ham ishtirok etadi.
Oʻzbekiston TIV xabariga koʻra Shimoliy Kipr bu sammitda ishtirok etmaydi.
Asosiy masalalar
Sammitda qoʻshimcha transport koridorlarini tashkil etish, transport, bojxona xizmatlariga doir jarayonlarni soddalashtirish, savdo aloqalarini rivojlantirish bilan bogʻliq boʻlgan masalalar koʻrilgan.
Uchrashuvda davlat rahbarlari iqtisodiy, transport va savdo masalalarini muhokama qiladi. Sammitda tashkilotning kelasi 5 yilga moʻljallangan strategik harakatlar rejasi qabul qilinadi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻonni “Turk dunyosining eng oliy medali” va Oʻzbekiston milliy medali bilan taqdirlangan.
Ushbu sammitda Oʻzbekiston tashkilotga raislikni qabul qilib oladi.
Imzolanadigan hujjatlar
Samarqand sammitida 10 dan ortiq hujjat imzolangan boʻlib, bular transport sohasidagi bogʻliqlik boʻyicha, tashkilot ichki tuzilmasini mukammallashtirishga oid boʻlgan hujjatlar, Turkiy davlatlar tashkiloti Samarqand sammiti deklaratsiyasidir.
Taʼsiri
2022-yilning 8—11-noyabr kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti oʻtkazilishi munosabati bilan „Samarqand“ aeroporti vaqtincha yopiladi. Samolyotlarni qabul qilish va parvozga chiqarishni vaqtincha toʻxtaydi. „Uzbekistan Airpors“ tarqatgan xabarga koʻra, aeroportni tijoriy yoʻlovchi va yuk tashish reyslari uchun vaqtincha yopish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Shuningdek, Samarqand viloyat IIB tomonidan 10—11-noyabr kunlari shaharga kirish yoʻllari vaqtincha yopiladi. Viloyat hududidan tranzit oʻtuvchi transport vositalari uchun aylanma harakat tashkil etiladi. Maxsus flayerlar ishlab chiqilib, haydovchilar flayerdagi QR kod yordamida mobil ilova orqali yoʻllarda harakatlanishadi.
Yana qarang Turkiy davlatlar tashkiloti Turksoy Samarqanddagi ShHT sammiti (2022) Manbalar
Turkum:Samarqand oʻtkazilgan sammitlar Turkum:2022-yilda Oʻzbekiston Turkum:Samarqand oʻtkazilgan sammitlar Turkum:Samarqanddagi voqealar Turkum: Samarqanddagi tadbirlar