Markaziy Litva gerbi — Markaziy Litva Respublikasining gerbi boʻlib xizmat qiluvchi ramz. U 1920-yil 12-oktabrda tashkil etilgan va 1922-yil 18-aprelgacha, davlat oʻz faoliyatini toʻxtatgunga qadar amalda boʻlganS. K. Kuczyński: Polskie herby ziemskie, Warsaw, 1994..
Dizayni Gerbda rasmiy ravishda burgut va Pahonia (ot ustidagi ritsar) tasvirlanganWładysław A. Serczyk: Dzieje Polski: 1918—1939 : wybór materiałów źródłowych. Kraków: Krajowa Agencja Wydawnicza, 1990. p. 130.. Oʻng tomonda toj kiygan kumush (oq) burgut, chap tomonda esa kumush (oq) Pahonia; sakrayotga ot ustida oʻng qoʻlida qilich, chap qoʻlida esa Lotaringiya xochi tasvirangan qalqon tutgan ritsardan iborat. Ikkala tasvir ham kumush (oq) qirrali qizil fon ichiga joylashtirilgan. Uning dizayni 1831-yil noyabr qoʻzgʻoloni chogʻida Polsha milliy hukumati tomonidan qoʻllangan gerbga taalluqli edi.
Tarixi Gerb davlat ramzi sifatida 1920-yil 12-noyabrda Markaziy Litva armiyasi boshligʻining 1-sonli farmonida qabul qilinganDecree No. 1 of the Chief-in-command of the Army of Central Lithuania, Journal of Laws of the Provisional Governing Commission, 17 November 1920, No. 1, position 1.. 1922-yil 18-aprelda Markaziy Litva Respublikasi Polsha tarkibiga kiritilganidan keyin gerbdan foydalanish toʻxtatilgan.
Galereya
Manbalar