Abduvoris Vosiq oʻgʻli Karimov (1995-yil 7-iyun, Toshkentda tugʻilgan) — oʻzbek regbichisi, Rossiyaning “Yenisey-STM”«Звезда» узбекского регби jamoasi hamda Oʻzbekiston regbi-15 va regbi-7 jamoalari oʻyinchisi.

Tarjimai hol 9 yoshida u dzyudo bilan shugʻullana boshladi, keyinchalik sportning regbi yoʻnalishi boʻyicha shugʻullanadi.

Sport faoliyati

2010-yildan boshlab u Oʻzbekiston chempionatida ishtirok etib, «West Tigers» jamoasi (Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti) tarkibida turnir finalchisiga aylanadiПоздравляем, Борис! . Shundan keyin “Qanot Rugby” regbi klubi tarkibida regbi-15 boʻyicha Oʻzbekiston chempionati gʻolibi boʻladi. 2013-yili bor-yoʻgʻi 17 yoshida flanker sifatida Osiyo Kubogida Livan terma jamoasiga qarshi oʻyinda Oʻzbekiston terma jamoasi safida debyut qiladi. Oʻsha yili u regbi-7 jamoasi safida 2013-yilgi bosqichlardan birida Osiyo chempionatida debyut qiladi.

2014-yilda Toshkentda Osiyo chempionati 3-divizioni oʻyinlarida maydonga tushib, milliy terma jamoamiz uchun ilk ochkolarni qoʻlga kiritadi va Malayziya Kuala-Lumpurning DBKL - Dragons klubi e’tiborini tortadi, shundan soʻng u oʻzining ilk professional faoliyati shartnomasi uchun imzo chekadi. Oʻzi uchun yangi muhitda Abduvoris tezda jamoaning yulduzlaridan biriga aylanadi.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston regbichilari Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:7-iyunda tugʻilganlar