Julian Alvares () – argentinalik futbolchi, Ispaniyaning „Atletiko Madrid“ klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi. 2021-yilgi Amerika Kubogi gʻolibi. Oʻsha yili u Janubiy Amerikada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2022-yilgi Qatarda boʻlib oʻtgan Argentinaning jahon chempioni boʻlishida munosib hissa qoʻshgan futbolchi.
Jamoalardagi faoliyati Alvares Kordova provinsiyasidagi Kalsin kichik shaharchasida tugʻilgan. U yoshligidan futbol oʻynashni boshlagan va 11 yoshida oʻta havaskor futbolchi boʻlib ulgʻaygan. Oʻsha yoshida u Argentinaning yetakchi klublari „Boka Xuniors“ va „River Pleyt“ maktablarida koʻrikdan muvaffaqiyatli oʻtdi, Ispaniyaga tashrif buyurdi, u yerda „Real Madrid“da koʻrikdan oʻtdi va „Barcelona“ klubiga taklif qilindi. Biroq, Julian oilasi bilan xayrlashishni istamay, koʻchib oʻtishdan bosh tortdi. 2016-yilning yanvarida u „River Pleyt“ning yoshlar jamoasiga qoʻshildi.
2018-yil 27-oktyabr kuni „Aldosivi“ga qarshi oʻyinda Argentina Primer ligasida Rodrigo Mora oʻrniga ikkinchi boʻlimda debyut qildi. „Independiente“ga qarshi bahsda Julian „River Pleyt“ safidagi ilk golini urdi. Oʻsha yili Alvares 5 ta oʻyinda maydonga tushib, Braziliyaning „Internasional“ klubiga qarshi oʻyinda gol urib, klubga Libertadores kubogini yutishda yordam berdi.
2020-yilda Libertadores kubogida Alvares Ekvadorning „LDU Kito“, Peruning „Deportivo Binacional“ va „San-Paulu“ jamoalariga qarshi oʻyinlarda 5 ta gol urdi.
2021-yilda Alvares 18 ta gol bilan Argentina ligasining eng yaxshi toʻpurariga aylandi. „River Pleyt“ 36-marta chempionlikni qoʻlga kiritdi. Jamoa Libertadores kubogining 1/8 finaliga ham chiqdi. Argentina terma jamoasida ham hujumchi Amerika kubogi gʻolibiga aylandi. Urugvayning „El Pais“ gazetasi tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomada Julian Alvares 2021-yil Janubiy Amerikaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Xalqaro faoliyati 2019-yilda Argentina yoshlar terma jamoasi tarkibida Alvares Chilida boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi, u yerda Julian ramziy „turnir jamoasi“ga kiritildi. Turnirda u Paragvay, Peru, Venesuela, Kolumbiya, Braziliya va ikki marta Ekvador va Urugvayga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan. Kolumbiyaliklarga qarshi bahsda Julian gol urgan.
Oʻsha yili Alvares Polshada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Afrikaliklarga qarshi kechgan duelda Julian gol urdi.
2021-yilning 4-iyun kuni JCh-2022 saralashida Chiliga qarshi oʻyinda Alvares Argentina terma jamoasi safida debyut qildi. Oʻsha yili Julian terma jamoa bilan Braziliyada boʻlib oʻtgan Amerika kubogida gʻolib chiqdi. Turnirda u Boliviya terma jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. 2022-yili Qatarda boʻlib oʻtgan Jahon Chempionati finalida Argentina jamoasi safida jahon kubogiga ega chiqdi.
Statistika
Milliy jamoaYilOʻyinlarGollarArgentina202150202262Jami112 Manbalar
Havolalar
Profile Atlético Madrid saytida
Julián Álvarez Paris 2024 Summer Olympics (archived)
Turkum:2000-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Argentinalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:CA River Plate futbolchilari Turkum:Manchester City F.C. futbolchilari Turkum:Atlético Madrid futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:La Liga oʻyinchilari Turkum:Futbol boʻyicha jahon chempionlari Turkum:Copa América Centenarioda gʻolib boʻlgan oʻyinchilar Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Copa Libertadoreda gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:Copa América 2021 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:Argentinalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Sportchilar