Pavel Valeryevich Pavlov (1982-yil 12-iyunda tugʻilgan) – oʻzbekistonli sobiq professional futbolchi, hujumchi ampulasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati U 2003-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi tarkibida Oʻzbekiston oliy ligasida debyut qilgan. Mavsum davomida 3 ta oʻyinda maydonga tushgan.
Pavel keyinchalik „Sementchi“ jamoasi tarkibiga oʻtgan va uch mavsum davomida birinchi ligada oʻynagan. 2005-yilgi mavsumda 29 ta gol bilan turnir toʻpurari boʻlgan.
2007-yilgi mavsumdan boshlab oliy ligada klublari tarkibida toʻp surgan: „Andijon“, „Lokomotiv“ (Toshkent), „Soʻgʻdiyona“ va Gʻzurning „Shoʻrtan“ klublari sharafini himoya qilgan.
Pavel faoliyati davomida Oʻzbekiston oliy divizionida jami 58 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ta gol urgan.
2011-yilda Qirgʻizistonning oʻsha paytdagi chempioni „Neftchi“ (Qoʻchqorota) jamoasiga kelib qoʻshildi. Bu jamoa bilan u 2011-yilda „Dordoy“ga qarshi oʻyinda (2:1) gollardan birini kiritib , Qirgʻiziston Superkubogi sohibiga aylandi, shuningdek, Qirgʻiziston chempionati kumush medali sovrindori va mamlakat kubogi finalchisiga aylandi. AFC Prezidenti Kubogi bahslarida u Myanmaning „Yadanarbon“ jamoasiga qarshi oʻyinda (8:2) xet-trik qayd etib, 5 uchrashuvda 5 ta gol urdi. 2011-yilgi mavsum yakunida u FFKR ga koʻra Qirgʻiziston chempionatining legionerlar ramziy terma jamoasiga kiritilgan.
Manbalar
Havolalar
Pavel Pavlov Footballfactsru saytida Pavel Pavlov Soccerway saytida Pavel Pavlov Sports.kg saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkaklar futboli hujumchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Sementchi Quvasoy futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Neftchi Qoʻchqor-ota futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir futbol murabbiylari