Dilmurod Karimov (1989-yil 17-iyunda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, faoliyatida himoyachi ampulasida oʻynagan. Murabbiy sifatida Sirdaryoning „Yangiyer“ jamoasida bosh murabbiylik qilgan.

Futbolchilik faoliyati Dilmurod Karimov professional faoliyatini 2006-yilgi mavsumda Sirdaryoning „Guliston“ jamoasida boshlagan. 2007-yilgi mavsumda Bekobodning „Metallurg“ jamoasiga oʻtgan va 2018-yilgacha shu yerda toʻp surgan. Dilmurod jamoa sardori boʻlgan va „Metallurg“ safida 181 dan ortiq oʻyin oʻtkazib, 34 ta gol urgan. 2018-yil 10 yillik faoliyatdan soʻng Bekobod jamoasini tark etgan va Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubiga oʻtgan. 2018-yil yozgi transfer oynasida Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bilan 1,5 yillik shartnoma imzolagan. 2020-yilgi mavsum oldidan „Yangiyer“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2021-yilgi mavsumda Sirdaryoning „Yangiyer“ klubida faoliyatini yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng murabbiylik faoliyatini boshlagan, 2023-yilda „Yangiyer“ jamoasiga bosh murabbiylik qilgan

Manbalar

Havolalar

Dilmurod Karimov Footballfactsru saytida Dilmurod Karimov Soccerway saytida Dilmurod Karimov Transfermarkt saytida

Turkum:1989-yilda tugʻilganlar Turkum:27-iyunda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Kishilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Yangiyer klubi futbolchilari Turkum:Guliston klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Yangiyer futbol klubi murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar