Aleksandr Nikolayevich Tynyanov (1967-yil 29-sentyabrda tugʻilgan – 2004-yil 27-mayda vafot etgan) – Qozogʻistonda tugʻilgan rus millatiga mansub, oʻzbekistonlik va rossiyalik sobiq professional futbolchi, darvozabon ampulasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati Professional faoliyatini 1985-yilda Navoiyning „Zarafshon“ klubida boshlagan. 1989-yilgi mavsumda Buxoroning Nurafshon jamoasi tarkibiga oʻtgan. 1995-yilgi Oʻzbekiston chempionati mavsumida 727 daqiqa davomida buxoroliklar klubi darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq boʻlgan va shu tariqa IFFHS reytingida dunyoning eng mahoratli darvozabonlari orasida 238-oʻringa koʻtarilgan. 1996-yilgi mavsumda Rossiyaning Orexovo jamoasiga koʻchib oʻtgan.
Vafoti 2004-yil 27-may kuni ertalab Tynyanov, onasining soʻzlariga koʻra, yomon kayfiyatda boʻlgan va u jamoasining navbatdagi oʻyiniga borishni xohlamagan. Oshxonada tinmay chekdi, lekin shunga qaramay, oʻgʻli Aleksandr bilan birga jamoa tarkibiga qoʻshilgan va keyingi oʻyin uchun Shchelkovoga yoʻl olgan. Gorkiy shossesining 82-kilometrida Ojerelki qishlogʻi yaqinida jamoa futbolchilarini olib ketayotgan PAZ avtobusi bir necha tonna natriy siyanid boʻlgan konteyner yukmashinasiga borib urilgan. Avtohalokat natijasida klubning 5 nafar xodimi vafot etgan (bosh direktor Dmitriy Smirnov, bosh murabbiy Vadim Xnikin, jamoa rahbari Boris Pashkov, avtobus haydovchisi Aleksandr Mamontov, klub faxriysi, 1962-yilgi SSSR kubogi finalchisi Vasiliy Chavkin) va 4 nafar futbolchi: (Pavel Suxov, Aleksandr Tynyanov, Roman Busurin, Vladimir Tutikov). 2004-yil 29-mayda vafot etgan futbolchilar bilan xayrlashuv marosimi boʻlib oʻtgan. Znamya Truda stadionida sakkizta tobut qoʻyilgan.
Yutuqlari Nurafshon Buxoro
Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori (1): 1994-yil
Manbalar
Havolalar
Aleksandr Tynyanov Footballfactsru saytida Turkum:1967-yilda tugʻilganlar Turkum:29-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:2004-yilda vafot etganlar Turkum:27-mayda vafot etganlar
Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Zarafshon Navoiy futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:FC Znamya Truda Orekhovo-Zuyevo futbolchilari Turkum:Avtohalokatda vafot etganlar