Ravshan Namozov (1961-yil 10-iyul, Termiz, Surxondaryo viloyati, OʻzSSR — 2022-yil 24-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik qoʻshiqchi va bastakor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1993).
Hayoti Ravshan Namozov 1961-yil 10-iyul kuni Termiz shahrida sanʼatkor Abdurahmon Namozov oilasida dunyoga kelgan. Termiz musiqa bilim yurtini tamomlagan, u yerda oʻz otasi Abdurahmon Namozov va Shokir Mahmudovdan saboq olgan. U 1985-yil Germaniyada oʻtkazilgan „Yoshlar festivali“ va 1990-yil Olmaotada oʻtkazilgan „Osiyo ovozi“ birinchi xalqaro festivalida gran-prini qoʻlga kiritgan.
Ravshan Namozovda 2-darajali gipertoniya aniqlangan, u 7 yil davomida bu kasallikka qarshi muolajalar olib yurgan. 2022-yil yanvar oyida Ravshan Namozov ogʻir holda gematologik shifoxonaga yotqizilgani va unga toza qon kerakligi, aks holda, qoʻshiqchining hayoti xavf ostida qolishi haqida xabarlar tarqaldi. Oʻzbek estradasi vakillari oʻz ijtimoiy tarmoq sahifalarida Ravshan Namozovning hayotini saqlab qolish uchun xayriya puli yigʻish ishlarini boshladilar.
Qoʻshiqchining singlisi Malika Namozova akasiga yordam kerakligi haqida shunday degan:
2022-yil 24-sentyabrda oʻzbekistonlik qoʻshiqchi Mohira Asadova va shoir Bobur Bobomurod Ravshan Namozovning vafot etgani haqida xabar tarqatdilar. „Oʻzbekkonsert“ DUK oʻz rasmiy Telegram kanalida Ravshan Namozovning vafoti munosabati bilan taʼziyanoma yozdi. Avvaliga oʻlim sababi ochiqlanmadi, keyinroq, xonanda uzoq davom etgan gipertoniyadan vafot etgani haqida maʼlumot berildi.
Ijodi Ravshan Namozov oʻz ijodini 1989-yilda tuzilgan „Qars“ guruhida boshlagan. 1991-yildan yakkaxon chiqishlar qilgan. 1993-yil „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoniga sazovor boʻlgan.
Ravshan Namozov zamonaviy uslubda aytilgan surxon qoʻshiqlari bilan tanilgan. Uning „Xayol“, „Yor-yor yoron-ey“, „Biyo-biyo“, „Chipradalli“, „Kovushim“, „Mana shunaqa“ kabi qoʻshiqlari xalq orasida ancha mashhurlikka erishgan.
Manbalar
Havolalar Равшан Намозов – Гран-При «Азия Даусы» – 1990 Mover Ravshan Namozov - Hayol. YouTube Ravshan Namozov - Olmacha. YouTube