Nemanya Nikolich (serb. Nemaha Nikolić) 1987-yil 31-dekabrda Serbiyada tavallud topgan. Asli serb vengriyalik futbolchi „MOL Fehervar“ klubi va Vengriya terma jamoasi hujumchisi hisoblanadi. 2016 va 2020-yillardagi Yevropa chempionati ishtirokchisi.

Nikolichning onasi venger boʻlgan. 2011-yil 28-yanvarda Nemanya Vengriya fuqaroligini olgan.

Jamoalardagi faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/3/3e/Nemanja_Nikolic.jpg/190px-Nemanja_Nikolic.jpg|thumb|342x342px| Nikolich „Kaposvar Rakoczi“ safida link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/bc/CINvCHI_2017-06-28_-_Nemanja_Nikoli%C4%87_%2839393300370%29_%28cropped%29.jpg/190px-CINvCHI_2017-06-28_-_Nemanja_Nikoli%C4%87_%2839393300370%29_%28cropped%29.jpg|thumb|401x401px| Nikolich „Chicago Fire“ tarkibida Nikolich oʻz faoliyatini Vengriya quyi divizionidagi „Barcs“ va „Kaposvoldier“ klublarida oʻynab boshlagan. Yosh boʻlishiga qaramay, u koʻp gol urdi va tezda mashhur jamoalardan taklif olgan. 2008-yil boshida Nemanya „Kaposvar Rakoczi“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 21-sentabr kuni „Uypesht“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoasi safidagi ilk golini urdi. Birinchi mavsumda Nikolich raqiblar darvozasiga oʻn olti marta zarba berdi va „Kaposvar“ klubining eng yaxshi merganiga aylandi. 2009-yil 7-noyabrda „Diosdyor“ga qarshi kechgan duelda u xet-trik qayd etdi. Oʻsha mavsumda Nemanya chempionat toʻpurari boʻlgan.

2010-yil boshida Nikolich „Videoton“ga koʻchib oʻtdi. 27-fevral kuni „Kecskemet“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi. 6-mart kuni „Diosdyor“ga qarshi kechgan duelda Nemanya „Videoton“ safida ilk golini urdi. Oʻsha mavsumda u chempion boʻldi va Vengriya Superkubogini qoʻlga kiritgan. Shundan soʻng jamoa yevrokubok sari yoʻl olgan. Yevropa ligasi doirasida Belgiyaning „Gent“ va „Lissabon Sporting“ klublariga qarshi oʻyinlarda Nikolich toʻrtta gol urdi. Oʻsha yili u Vengriya kubogini qoʻlga kiritdi. 2014 va 2015-yillarda Nemanya yana ikki marta chempionatning eng yaxshi merganiga aylandi. 2014/2015-yilgi mavsumda u ikkinchi marta mamlakat chempioni boʻldi. Shartnoma tugashiga olti oy qolganida Nemanyaga Angliyaning „Crystal Palace“ va „Reading“ klublari, Ispaniyaning „Selta“ va Fransiyaning „Bordo“ jamoalari qiziqish bildirgan.

Xalqaro faoliyati 2013-yilning 11-oktabr kuni Gollandiyaga qarshi JCh-2014 saralash bahsida Nikolich Vengriya terma jamoasi safida debyut qilgan. 15-oktabr kuni JCh-2014 saralash bosqichi doirasida Andorraga qarshi oʻyinda Nemanya terma jamoasi safidagi ilk golini urgan.

2016-yilda Nikolich terma jamoa tarkibida Fransiyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Islandiya va Belgiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

2021-yilda Nikolich Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Portugaliya, Fransiya va Germaniyaga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan. № sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1. 2013-yil 15-oktabr Ferens Pushkash, Budapesht, Vengriya 1 :0 2 :0 Jahon chempionati 2014 (saralash) 2. 2014-yil 18-noyabr Groupama Arena, Budapesht, Vengriya 1 :2 1 :2 Oʻrtoqlik uchrashuvi 3. 2015-yil 5-iyun Nagyerdei, Debretsen, Vengriya 3 :0 4 :0 Oʻrtoqlik uchrashuvi 4. 2017-yil 9-noyabr Josi Bartel, Lyuksemburg, Lyuksemburg 1: 1 2: 1 Oʻrtoqlik uchrashuvi 5. 2017-yil 14-noyabr Groupama Arena, Budapesht, Vengriya 1 :0 1 :0 Oʻrtoqlik uchrashuvi 6. 2020-yil 6-sentabr Ferens Pushkash, Budapesht, Vengriya 2 :3 2 :3 UEFA Millatlar ligasi 2020/2021 7. 8-oktabr, 2020-yil Vasil Levski, Sofiya, Bolgariya 0: 3 1: 3 Yevropa chempionati 2020 (pley-off) 8. 2021-yil 28-mart Olimpiya stadioni, Serravalle, San-Marino 0: 3 0: 3 JCh-2022 (saralash)

Manbalar

Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Vengriyalik erkak futbolchilar Turkum:Serbiya va Chernogoriylik erkak futbolchilar Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar