Pavel Smolyachenko (1991-yil 1-dekabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik nafaqadagi futbolchi, hujumkor yarim himoyachi ampulasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati Pavel Smolyachenko professional faoliyatini 2010-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida boshlagan. 2010—2012-yillarda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida toʻp surgan. Pavel birinchi mavsumidayoq 4 ta oʻyinda maydonga tushgan. „Neftchi“ tarkibida Smolyachenko uch mavsum oʻynagan va shu vaqt ichida oʻttiz uchta oʻyinda maydonga tushib, beshta gol urgan. 2013-yilda Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasida yarim mavsum toʻp surgandan soʻng yana Fargʻonaning „Neftchi“ klubiga qaytagn. 2015-yilda Samarqandning „Dinamo“ klubiga oʻtgan. Ikkinchi davradan „Buxoro“ jamoasiga oʻtgan. 2019-yilning yanvar oyida Indoneziyaning Arema klubiga oʻtgan. 2021-yilgi mavsumda „Istiqlol“ jamoasida faoliyatini yakunlagan.
Xalqaro oʻyinlar 2011-yilda futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida debyut qilgan. Terma jamoa tarkibida Smolyachenko yagona oʻyinini 2011-yil 25-martda Chernogoriya terma jamoasiga qarshi oʻtkazgan.
Yutuqlar
Klub Arema
Indoneziya Prezidenti kubogi: 2019
Manbalar
Havolalar Pavel Smolyachenko Soccerway FootballFacts.ru saytidagi profil
Turkum:1991-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Fargʻona sport kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik rus millatiga mansub kishilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Istiqlol Fargʻona klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Armed Forces F.C. futbolchilari Turkum:Arema F.C. futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Malayziya Superligasi futbolchilari Turkum:Liga 1 (Indoneziya) futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Malayziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Indoneziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar