Yorqin Nazarov (1974-yil 11-oktabrda Namangan viloyati Norin tumanida tugʻilgan) – nafaqadagi oʻzbekistonlik futbolchi, yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Faoliyatini yakunlaganidan soʻng murabbiy sifatida faoliyat olib borgan.

Faoliyat statistikasi

Xalqaro Oʻzbekiston terma jamoasi Yil Oʻyin Gol 1997-yil 1 0 Jami 1 0

Murabbiylik faoliyati Futbolchilik faoliyatini yakunlagandan soʻng, Toshkentning Bunyodkor klubining yoshlar va farm jamoalariga ustozlik qilgan. 2018-yil Gʻuzorning Shoʻrtan jamoasida katta murabbiy vazifasida ishlagan. 2019-yil Buyodkor jamoasiga qaytib Vadim Abramovga yordamchi murabbiy vazifasida ishlagan.

2021-yil Andijon klubiga Viktor Kumikov taklif etgan va klubda katta murabbiy vazifasini 2022-yil oxirigacha bajargan. 2022-yil 5-noyabrdan Jizzaxning Soʻgʻdiyona jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasiga tayinlangan. 2023-yilgi mavsumni Jizzax klubi bilan muvaffaqiyatsiz boshlagan Yorqin Nazarov isteʼfoga chiqarilgan. 2023-yilgi mavsum ikkinchi davrasida Yaypanning Turon jamoasiga taklif etilgan. Turon jamoasi asosan yoshlarda tashkil topganligi uchun mavsumni qolgan qismini muvaffaqiyatsiz oʻtkazgan va Turon jamoasi 14 oʻrinni egallab Pro ligaga tushib ketgan. 2024-yil yanvar oyida Yaypan jamoasi bilan oʻzaro kelishuvga koʻra shartnomasini bekor qilgan.

2024-yil yanvar oyida Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bosh murabbiyi sifatida shartnoma imzolagan. Klubdagi davrida qaydnoma boʻyicha bosh murabbiy boʻlsada, asosiy jamoani boshqarish vaifasini Aleksandar Stoimirović bajargan. 23-mayda natijalar yomonligi sababli istefoga chiqarilganidan soʻng Nazarov amalda ham jamoaga murabbiy qilgan. 2024-yil 5-iyunda Lokomotiv jamoasi bilan xayrlashgan.

Yutuqlar

Futbolchi Paxtakor

Oʻzbekiston chempioni: 1992, 1998 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 1993, 1997

Manbalar

Havolalar

Murabbiy – Yorqin Nazarov Futbolchi – Yorqin Nazarov soccerway.com Nazarov Yorqin – futbolchi, yarim himoyachi

Turkum:1974-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Zarafshon Navoiy futbolchilari Turkum:Traktor klubi futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Ordabasi klubi futbolchilari Turkum:Taraz klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Vasco SC futbolchilari Turkum:FC Turkiston futbolchilari Turkum:Muktijoddha Sangsad KC futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Qozogʻiston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Bunyodkor-2 klubi murabbiylari Turkum:Soʻgʻdiyona futbol klubi murabbiylari Turkum:Turon Yaypan futbol klubi bosh murabbiylari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi murabbiylari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari