Lyubov Gennadiyevna Perepelova (1979-yil 26-fevralda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik yengil atletikachisi. 2001-yilda [Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy sport klubi Oliy mahorat sport (OMSK MHSK) maktabining yengil atletika boʻlimi katta murabiiysi sanaladi.
Sport faoliyati 2000—2004-yilgi Olimpiadada ishtirok etadi. Uch karra Osiyo chempioni hisoblanadi.
2005-yil 4-iyuldan – 2007-yil 3-iyulgacha boʻlgan davrda u doping (gidroxlorometiltesteron) qoʻllagani uchun sportdan vaqtincha chetlashtiriladiSpisok atletov, diskvalifitsirovannix za primenenie dopinga (na 22.02.2006).
Ochiq havoda 100 metr masofada, shuningdek, yopiq joylarda bir xil masofada Oʻzbekistonning amaldagi rekordlari sohibasi.
Koʻrsatgan natijalari 1990-yilda yengil atletika bilan shugʻullana boshlagan
1996-yil Oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati (Hindiston): 100 m – 12.61 natija bilan (12-oʻrin), 200 m-25.59 natija bilan (7-oʻrin)
1997-yil Oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati (Tailand): 100m-12.09 natija bilan (7-oʻrin), 200m-24.20 natija bilan (4-oʻrin)
1998-yil Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati (Fransiya): 100m-12.00 natija bilan (16-oʻrin), 200m-24.36 natija bilan (24-oʻrin)
13-Osiyo oʻyinlari (Tailand): 200m-23.57 natija bilan (5-oʻrin), 4x100m estafeta-44.38 natija bilan (2-oʻrin)
1999-yil Qishki jahon chempionati (Yaponiya): 60m-7.51 natija bilan (26-oʻrin)
Jahon chempionati (Ispaniya): 100m-11.78 natija bilan; 200m-23.74 natija bilan
2000-yil Osiyo chempionati (Indoneziya): 100m-11.31 natija bilan (1-oʻrin), 200m-23.30 natija bilan (2-oʻrin)
XXVII Olimpiya oʻyinlari (Avstraliya, Sidney): 100m-11.48 natija bilan (27-oʻrin), 200m-23.83 natija bilan; estafeta poygasi 4 × 100m-45.14 natija bilan (22-oʻrin). Ayollar oʻrtasida 100 metrga yugurishda 11.04 natija bilan Oʻzbekiston rekordini oʻrnatadi.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustasi unvoni berilgan.
2001-yil Qishki jahon chempionati (Portugaliya): 60m-7.40 natija bilan (22-oʻrin)
Jahon chempionati (Kanada): 100m-11.65 natija bilan; 200m-24.03 natija bilan; 4x100 m estafeta – 45.99 natija bilan
2002-yil Osiyo chempionati (Shri-Lanka): 100m-11.60 natija bilan (3-oʻrin), 200m-23.76 natija bilan (2-oʻrin), 4x100m-44.85 natija bilan (2-oʻrin).
14 ta Osiyo oʻyinlari (Koreya): 100m-11.38 natija bilan (2-oʻrin), 200m-23.52 natija bilan (4-oʻrin), 4x100m-44.32 natija bilan (3-oʻrin).
2003-yil Qishki jahon chempionati (Angliya): 60m-7.66 natija bilan
Jahon chempionati (Fransiya): 100m-11.30 natija bilan (13-oʻrin)
Osiyo chempionati (Filippin): 100m-11.24 natija bilan (1-oʻrin), 200m-23.54 natija bilan (1-oʻrin).
2004-yil XXXVIII Olimpiya oʻyinlari (Gresiya, Afina): 100m-11.26 natija bilan (13-oʻrin).
Manbalar
Havolalar Lyubov Perepelova
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston murabbiylari Turkum:Oʻzbekiston harbiy xizmatchilari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlari kumush medali sohiblari Turkum:Oʻzbekistonlik Olimpiadada ishtirok etgan yengil atletkachilar Turkum:2004-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari yengil atletikachilari Turkum:2000-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari yengil atletikachilari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlari bronza medali sohiblari Turkum:Oʻzbekistonlik Jahon chempionatida ishtirok etgan yengil atletkachilar Turkum:Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchilar Turkum:Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston chempionlari Turkum:Oʻzbekistonlik xalqaro toifadagi sport ustalari