Issiqxona gazlari – atomosferaning gazsimon tarkibiy qismi boʻlib, u yer shari yuzasi, atmosfera va bulutlar tarqatadigan infra qizil nur spektri doirasida nurlarni oʻziga singdiradi va aniq toʻlqin uzunligida nurlanadi. Yer shari atmosferasida asosiy issiqxona gazlari quydagilar hisoblanadi:suv bugʻi (H2O), uglerod dioksidi (CO2), azot oksidi (N2O), metan (CH4) va ozon (O3). Kiotoprotokolida CO2 N2O CH4 dan tashqari oltingugurt geksaftoridi (SF6), gidroftoruglerodlar (GFU) va perftoruglerodlar (PFU) koʻrib chiqilmoqda.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Issiqxona gazlari · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.