Portugaliya ayollar milliy chempionati (portugalcha: Campeonato Nacional Feminino, homiylik sabablarga koʻra Liga BPI nomi bilan ham tanilgan) Portugaliyadagi ayollar futbol assotsiatsiyasining yuqori toifali ligasi. Portugaliya ayollar milliy chempionati Portugaliya futbol federatsiyasi tomonidan boshqariladi va 1993-yilda tashkil etilgan. Portugaliya ayollar milliy chempionatining dastlabki mavsumida oʻnta jamoa qatnashdi.

Portugaliya ayollar milliy chempionatining amaldagi chempioni „Benfica“ boʻlib, jamoa 2022-yilda ketma-ket ikkinchi chempionlikni qoʻlga kiritdi. Eng muvaffaqiyatli jamoa esa SU 1º de Dezembrojamoasi boʻlib, jamoa Portugaliya ayollar milliy chempionatida 12 marta chempion boʻlgan.

Tarixi Portugaliyadagi birinchi ayollar futboli milliy chempionatlaridan biri Taça Nacional nomi ostida 1985-yilda boshlangan. Unga ishtirok etish istagida boʻlgan barcha klublar kiritilgan. „Boavista“ jamoasi ushbu musobaqada yaqqol ustunlik qilgan va sakkiz marta gʻalaba qozongan. Musobaqa 1993-1994-yilgi mavsum uchun Campeonato Nacional (Portugaliya ayollar milliy chempionati) deb oʻzgartirildi. 1998-99 yilgi mavsumda musobaqaga koʻproq oʻyinlar qoʻshildi, chunki chempionat bosqichiga chiqmagan klublar yana ular oʻrtasida oʻynashadi. 2001 yilda UYEFA ayollar kubogi tashkil etildi, unda oldingi mavsumda ushbu musobaqa g‘oliblari o‘ynash huquqiga ega edi. Portugaliya kubogi 2003-04 yilgi mavsumda barcha klublar ishtirok etgan holda boshlandi.

2005-yilda Campeonato Nacional II Divisao (quyi liga) tashkil etildi.

Musobaqa formati

Musobaqa 2016-2017-yil holatiga koʻra, Portugaliya ayollar milliy chempionatida 12 ta klub bor. Mavsum davomida (sentyabrdan maygacha) har bir klub qolganlari bilan ikki marta (ikkita davrali tizim), bir marta oʻz stadionida va bir marta raqib stadionida, jami 22 oʻyin oʻynaydi. Jamoalar gʻalaba uchun uch ochko va durang uchun bir ochko oladi. Magʻlubiyat uchun ochko berilmaydi. Jamoalar reytingi jami ochkolar, soʻngra toʻplar farqi boʻyicha tartiblanadi. Agar hali ham jamoalar ochkolari teng boʻlsa, neytral maydondagi pley-off oʻyini chempionni aniqlab beradi. Eng past oʻrinni egallagan ikkita jamoa Campeonato Nacional II Divisao (Portugaliya 2-chempionati (quyi liga))ga tushib ketadi va Campeonato Nacional de Promosaoning eng yaxshi ikki jamoasi Portugaliya ayollar milliy chempionatiga koʻtariladi.

Yevropa musobaqalariga saralash Portugaliya ayollar milliy chempionati gʻolibi UEFA ayollar oʻrtasidagi Chempionlar ligasi saralash bosqichiga yoʻl oladi.

Klublar 2021-2022-yilgi mavsum jamoalari:

JamoaJoylashgan shaharUy satdioni A-dos-Francos Caldas da Rainha Campo Municipal Quinta Boneca Atlético Ouriense Ourém Campo da Caridade Benfica Alcântara Estádio da Tapadinha Braga Braga Estádio 1º de MaioCadima Cantanhede Complexo Desportivo de Cantanhede Clube de Albergaria Albergaria-a-Velha Estádio Municipal António Augusto Martins Pereira Estoril Estoril Centro de Treino e Formação Desportiva Futebol Benfica Lisbon Estádio Francisco Lázaro Marítimo Funchal Campo Complexo Desportivo C.F. Andorinha Ovarense Ovar Estádio Marques Silva Sporting CP Alcochete CGD Stadium Aurélio Pereira Lisbon Estádio José Alvalade Valadares Gaia Vila Nova de Gaia Complexo Desportivo Valadares

Chempion jamoalar roʻyxati Quyidagi jamoalar Portugaliya ayollar milliy chempionatida gʻolib chiqqan:

Tasa Nacional MavsumChempion jamoaIkkinchi oʻrinUchinchi oʻrin 1985-1986 Boavista Académico de Alvalade União de Coimbra 1986-1987 Boavista (2) 1987-1988 Boavista (3) 1988-1989 Boavista (4) Costa do Estoril União de Coimbra 1989-1990 Boavista (5) Costa do Estoril União de Coimbra 1990-1991 Boavista (6) Costa do Estoril União Ferreirense 1991-1992 Boavista (7) União Ferreirense Sporting CP 1992-1993 Boavista (8) 9 Abril Trajouce Sporting CP

Campeonato Nacional (Portugaliya ayollar milliy chempionati) MavsumChempion jamoaIkkinchi oʻrinUchinchi oʻrin 1993-1994 Boavista (9) 9 Abril Trajouce Lobão 1994-1995 Boavista (10) Lobão 1º de Dezembro 1995-1996 Lobão1º de DezembroBoavista 1996-1997 Boavista (11)1º de Dezembro Lobão 1997-1998 GatõesBoavista1º de Dezembro 1998-1999 Gatões (2) Boavista 1º de Dezembro 1999-2000 1º de Dezembro GatõesBoavista 2000-2001 Gatões (3) 1º de Dezembro Boavista 2001-2002 1º de Dezembro (2) GatõesFutebol Benfica 2002-2003 1º de Dezembro (3)Futebol BenficaBoavista 2003-2004 1º de Dezembro (4) VárzeaFutebol Benfica 2004-2005 1º de Dezembro (5) Várzea Marítimo Murtoense 2005-2006 1º de Dezembro (6) Marítimo Murtoense Várzea 2006-2007 1º de Dezembro (7) Boavista Várzea 2007-2008 1º de Dezembro (8) Boavista Várzea 2008-2009 1º de Dezembro (9) Boavista Beira-Mar Almada 2009-2010 1º de Dezembro (10) Escola Clube de Albergaria 2010-2011 1º de Dezembro (11) Cadima Escola 2011-2012 1º de Dezembro (12) Boavista Clube de Albergaria 2012-2013 Atlético Ouriense Clube de Albergaria 1º de Dezembro 2013-2014 Atlético Ouriense (2) A-dos-Francos Futebol Benfica 2014-2015 Futebol Benfica Valadares Gaia Atlético Ouriense 2015-2016 Futebol Benfica (2) Clube de Albergaria Valadares Gaia 2016-2017 Sporting CP Braga Futebol Benfica 2017-2018 Sporting CP (2) Braga Estoril 2018-209 Braga Sporting CP Futebol Benfica 2019-2020 Covid-19 pandemiyasi sababli toʻxtatilgan 2020-2021 Benfica Sporting CP Braga 2021-2022 Benfica (2) Sporting CP Braga

Chempion jamoalar reytingi Reyting Klub Chempionlik Ikkinchi o`rinChempion bo`lgan mavsumlarIkkinchi o`rinni olgan mavsumlar1 1º de Dezembro 12 3 1999-2000, 2001-02, 2002-03, 2003-04, 2004-05, 2005-06, 2006-07, 2007-08, 2008-09, 2009-10, 2010-11, 2011-12 1995-96, 1996-97, 2000-012 Boavista 11 6 1985-86, 1986-87, 1987-88, 1988-89, 1989-90, 1990-91, 1991-92, 1992-93, 1993-94, 1994-95, 1996-97 1997-98, 1998-99, 2006-07, 2007-08, 2008-09, 2011-123 Gatões 3 2 1997-98, 1998-99, 2000-01 1999-2000, 2001-024 Sporting CP 2 3 2016-17, 2017-18 2018-19, 2020-21, 2021-225 Futebol Benfica 2 1 2014-15, 2015-16 2002-036 Atlético Ouriense 2 0 2012-13, 2013-14 —7 Benfica 2 0 2020-21, 2021-22 —8 Braga 1 2 2018-19 2016-17, 2017-189 Lobão 1 1 1995-96 1994-9510 Costa do Estoril 0 3 — 1988-89, 1989-90, 1990-9111 9 Abril Trajouce 0 2 — 1992-93, 1993-9412 Várzea 0 2 — 2003-04, 2004-0513 Clube de Albergaria 0 2 — 2012-13, 2015-1614 Académico de Alvalade 0 1 — 1985-8615 União Ferreirense 0 1 — 1991-9216 Marítimo Murtoense 0 1 — 2005-0617 Escola 0 1 — 2009-1018 Cadima 0 1 — 2010-1119 A-dos-Francos 0 1 — 2013-1420 Valadares Gaia 0 1 — 2014-15

Manbalar

Havolalar

Ayollar ligasi fpf.pt UEFAdagi Portugaliya ligasi

Turkum:Yevropadagi eng yuqori darajadagi ayollar futbol ligalari Turkum:Portugaliyada ayollar futboli musobaqalari Turkum:Portugaliyadagi futbol ligalari Turkum:Portugaliya ayollar milliy chempionati