Rustam Ibragimovich Xolmurodov (1949-yil 16-avgust, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek olimi va davlat arbobi, professor, texnika fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining aʼzosi.

Tarjimayi holi Rustam Xolmurodov 1949-yil 16-avgust Samarqandda tavallud topgan. 1967−1972-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish institutida oʻqigan. Institutni sanoat-fuqarolik qurilishi, muhandis-quruvchi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 1973−1977-yillarda Kiyev avtomobil yoʻllar instituti ilmiy izlanuvchisi, aspiranti, 1977−1978-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti temirbeton va tosh qurilmalari kafedrasi assistenti, katta oʻqituvchisi, 1978−1986-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti metal, yogʻoch plastmassa qurilmalari kafedrasi mudiri, 1986−1988-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti qurilish fakulteti dekani, 1988−1989-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti ilmiy ishlar boʻyicha prorektori, 1989−1997-yillarda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti rektori, 1997−1999-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari, 1999−2003-yillarda Samarqand davlat universiteti rektori, 2003−2004-yillarda Samarqand viloyati hokimi, 2004-yilda Samarqand davlat universiteti rektori lavozimida ishlagan. 2016-yildan Samarqand davlat universiteti rektori. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi. 1999−2004-yillarda Ishtixon tumanidan 2-chaqiriq Oliy Majlis deputati boʻlgan. 8-Turon saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashi deputati (2019-yil). 2022-yilda ikki yil muddatga Rustam Xolmurodov Osiyo universitetlari assosiatsiyasi prezidenti etib saylangan.

Ilmiy faoliyati Rustam Xolmurodov Metall qurilmalar oʻquv qoʻllanmasi (1994), (1994), (1995), (2002), „Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida oʻqitish“, „Ellastiklik nazariyasi“, monografiyalari (2003) muallifi. 1994-yilda Moskvadagi Xalqlar doʻstligi universitetida mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Rustam Xolmurodov tashabbusi bilan Samarqand davlat universitetida 10 dan ortiq yangi taʼlim yoʻnalishlari ochilib, fakultetlar soni 9 tadan 15 taga yetkazilgan.

Mukofotlari 2017-yil 26-avgustda „El-yurt hurmati“ ordeni, 2022-yil 29-avgustda „Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Anqara shahridagi Boyazid Yildirim universiteti faxriy professori (2021-yil), Moskva davlat universitetining faxriy professori (2023-yil 25-yanvar).

Manbalar

Turkum:Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari Turkum:Texnika fanlari doktorlari Turkum:Professorlar Turkum:Oʻzbekiston muhandislari