Coi Leray Collins — (1997-yil 11-mayda tugʻilgan) — amerikalik reper va qoʻshiqchi. Leray SoundCloud-ga musiqa joylashni boshladi va 2018-yilda oʻzining „Huddy“ singlini va Everythingcoz miksteypini chiqardi. „Republic Records“ leybli bilan shartnoma imzolaganidan soʻng, u oʻzining ikkinchi miksteypi EC2ni chiqardi. 2021-yilda Lil Durk bilan hamkorlikdagi „No More Parties“ singlining remiksi Billboard Hot 100 roʻyxatda 40-oʻrinni egalladi va Amerika Yozuv Industriyasi Assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan platina sertifikatiga sazovor boʻldi. 2022-yilda Leray oʻzining „Trendsetter“ debyut studiyaviy albomini chiqardi, albom Nicki Minaj bilan hamkorlikdagi „Blick Blick“ singlini oʻz ichiga olgan, u ham Billboard Hot 100ning eng yaxshi 40 taligiga kirgan.

Yoshlik

Coi Leray 1997-yil 11-mayda Bostonda tugʻilgan va Nyu-Jersi shtatining Xakensak shahrida oʻsgan. U reper va mediamagnat Benzinoning qizi va besh ukasi bor. Lerayning ota-onasi otasi The Source jurnalida ishdan ketganidan keyin keyin ajrashishdi. U 14 yoshida musiqa yaratishni boshlagan. 16 yoshida Leray oʻrta maktabni tashlab, savdo sohasida ishlay boshladi.

Karyera

Coi Leray 2011-yilda otasidan ilhomlanib, u rep kuylashni boshladi va YouTube orqali „Bow Down“ va „Rock Back“ nomli birinchi qoʻshiqlarini chiqardi. Biroq, koʻp oʻtmay, Leray rep qilishni toʻxtatdi. Ishini tashlaganidan soʻng, Leray 2018-yilda SoundCloud orqali A Boogie wit da Hoodiening „DTB“ qoʻshigʻiga javob boʻlgan debyut singlini chiqardi.

2018-yil dekabr oyida u LouGotCash bilan birga amerikalik reper Ski Mask the Slump God va qo‘shiqchi Jacqueesning 2018-yilgi „Spider-Man: Into the Spider-Verse“ filmining saundtrek albomidan „Save the Day“ trekida taniqli ijodkor sifatida ishtirok etdi. Uning ikkinchi miksteypi „EC2“ 2019-yil 18-yanvarda 1801 Records va Republic Records orqali chiqarildi. U 2019-yil boshida amerikalik reper Trippie Reddning „Lifeʼs a Trip Tour“ tur konsertida hamrohlik qildi va 2019-yil mart oyida „Good Days“ singlini chiqardi. U Trippie Reddning ikkinchi studiya albomidagi „Everything BoZ“ qoʻshigʻida taniqli ijodkor sifatida paydo boʻldi. 2020-yil aprel oyida u amerikalik reper Fetty Wap bilan „Better Days“ singlini chiqardi.

Diskografiya

Studiya albomi Nomi Tafsilotlar Chartdagi oʻrni US USR&B/HH Trendsetter Chiqarilgan sana: 8-aprel, 2022 Leybl: Republic, 1801, Uptown 89 49

Miksteyplar Nomi Tafsilotlar Everythingcoz Chiqarilgan sana:30-mart, 2018 Leybl: Shaxsiy ijod EC2 Chiqarilgan sana: 18+yanvar, 2019 Leybl: 1801, Republic

Kengaytirilgan singllar Nomi Tafsilotlar Now or Never Chiqarilgan sana: 14-avgust, 2020 Leybl: 1801, Republic

Awards and nominations MukofotYilNominatsiyaKategoriyaNatijaBET Awards2021Coi LerayBest Female Hip hop Artistrowspan="2" Best New ArtistBET Hip Hop AwardsBest New Hip hop ArtistIHeartRadio Music Awards2022

Manbalar

Turkum:Reper Turkum:Rep Turkum:Hip Hop Turkum:AQSH Turkum:Republic Records ijrochilari