Nasiba Ismoilovna Ibragimova — (1942-yil, 1-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistИстория дикторов телевидения.
Tarjimayi holi Nasiba Ibragimova 1942-yil 1-mayda Toshkent shahrida tavallud topgan. Oliy maʼlumotli. U 1964-yil Toshkent davlat universitetining Jurnalistika fakultetini tugatgan. Oliy toifali diktor. Oʻzbekiston televideniyesi birinchi diktorlaridan. Nasiba Ibragimova 25-yil davomida Oʻzteleradiokomitet partiya komiteti sekretari, Oʻzbekiston SSR Kompartiyasi markaziy komiteti Yashnaobod (Hamza) va Olmazor (Sobir Rahimov) tuman partiya komitetlarining sekretari, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri, Xalqaro aloqalar milliy assotsiatsiyasi raisi oʻrinbosari, Davlat sanʼat muzeyi direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Faoliyati Nasiba Ibragimova 3-sinfdayoq Oʻzbekiston radiosida bolalar va oʻsmirlar uchun „Musiqali soat“, „Pioner ertaligi“, „Istiqlol egalari“, „Gulshan“ kabi eshittirishlarni olib borgan. U shuningdek „Vasyok Trubachov va uning oʻrtoqlari“, „Laylo Sharipova kuylaydi“, „Buttapircho bola“, „Soat yarim kechada toʻxtab qoldi“, „Qizlar“, „Chol ibn Hattob“, „Tamaraxonim kuylaydi“ kabi 200 dan ortiq hujjatli va badiiy filmlarga ovoz bergan. Oʻzbekistonda birinchi boʻlib, „Yevrovideniye“ (Rossiya), „Intervideniya“ kabi koʻrsatuvlarni olib borgan. „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“ (4-jild), „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ (3-jild), qator kitob, gazeta, jurnal, TV, radio materiallarida uning ijodi qayd etilgan. Uning olib borgan eshittirishlari xorijiy kanallarda uzatilgan. Nasiba Ibragimova UNESCO tomonidan chop etilgan „Jenshina XX vek“ kitobiga kiritilgan.
Mukofotlari Nasiba Ibragimova 1976-yil „Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist“ unvonini, 1991-yil „Mehnat faxriysi“ medali, 2002-yilda „Doʻstlik ordeni“, „Mehnat faxriysi“ koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan.
Manbalar