Sasha Ognenovskiy ( ) 1979-yil 3-aprelda tavallud topgan. Sasha avstraliyalik futbolchi boʻlib, maydonda himoyachi vazifasini bajarganInogda vstrechaetsya napisanie Ognenovski.. 2010-yil Osiyoning eng yaxshi futbolchisi sovrini sohibiga aylangan. 2011-yilgi Osiyo kubogi kumush medali sovrindori boʻlgan.
Faoliyati U 1997-yilda „Preston Lions“da oʻynay boshlagan. 2000-yilda u „Melburn Nayts“ga oʻtgan va u yerda ikki yil toʻp surgan. Koʻp oʻtmay u Gretsiyaga koʻchib oʻtdi va u yerda „Panachaiki“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi, lekin asosiy jamoada oʻz oʻrniga ega boʻlmadi. 2003-yilda u „Preston Lions“ga qaytgan futbolchi u yerda faqat bir mavsum oʻynadi.
Keyingi besh yil ichida Ognenovskiy uchta klubni sinab koʻrdi: „Fokner Uitlsi“, „Brisben Roar“ va „Adelaida United“. „Brisben“ jamoasi tarkibida Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etgan. Uchrashuvlarning birida u bir nechta golli vaziyatlarni golga aylantira olmagan.
2008-yilda u „Adelaida United“ jamoasiga oʻtdi. 2008-yil 22-noyabrda u jamoadagi ilk o‘yinini va A-ligadagi 50-uchrashuvini o‘tkazdi. Shuningdek, u oʻsha oʻyinda „Adelaida“ jamoasi uchun „Sidney“ FC darvozasiga birinchi golini urdi va jamoaga 2:0 hisobida gʻalaba keltirdiSasa Ognenovski hopes Sydney FC move will help his chances of Socceroos recall for World Cup . Bir hafta oʻtgach, uning boshi bilan zarbasi „Newcastle United Jets“ bilan durang oʻynashga yordam berdiSydney vs. Perth Glory 2 — 1 . Oʻsha yili u Makedoniyaning eng yaxshi futbolchilari roʻyxatida Goran Pandevdan ortda qolib, ikkinchi oʻrinni egallaganNewcastle Jets vs. Sydney 0 — 2 .
2012-yil 7-iyulda Qatarning „Umm Salal“ klubiga oʻtganUmm Salal seal Ognenovski deal . U 2012-yilning 20-oktabr kuni Qatar chempionatining „Al-Haritiyat“ klubiga qarshi o‘yinda yangi jamoasi safida debyut qilganAl Kharitiyath vs. Umm Salal 1 — 1.
2015-yil 3-iyunda u bilan shartnoma uzaytirilmagani uchun klubni tark etganAll change at Sydney FC as Graham Arnold dumps key players and lose Bernie Ibini .
Terma jamoa safida Ognenovskiy Makedoniya yoki Avstraliya terma jamoasida oʻynashi mumkin edi. U Osiyo Kubogi saralash bosqichida Avstraliya terma jamoasining asosiy tarkibiga kirishga urindi, biroq muvaffaqiyat qozona olmadi. 2009-yilda Srecko Katanes Ognenovskiyni Makedoniya terma jamoasiga 11-fevral kuni boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan Moldovaga qarshi oʻyinga chaqirdi, ammo futbolchi bormagan. Xolger Osijek 2010-yilning noyabrida Misrga qarshi oʻyinda Sashaga ishtirok etishni taklif qilgan.
Xalqaro oʻyinlardagi gollari
Avstraliya terma jamoasiYilOʻyinlarGollar201010201191Total101
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Avstraliyalik erkak futbolchilari Turkum:Osiyoda yilning eng yaxshi futbolchisi mukofoti sohiblari