Abduxoliq Karimovich Karimov (1923-yil 20-may, Jizzax — 1994-yil 23-mart, Toshkent) — sovet partiya va davlat arbobi, Oʻzbekiston SSR 112-son Denov saylov okrugidan Millatlar kengashi deputati. Sotsialistik Mehnat Qahramoni.

Tarjimai holi 1923-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek. 1946-yildan KPSS aʼzosi. Maʼlumoti oliy. Samarqand qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan. 1941-yildan oʻqituvchilik qilgan. 1942—1946-yillarda Sovet Armiyasi saflarida xizmat qilgan. Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi. 1946-yildan oʻqituvchi, tuman komsomol qoʻmitasining birinchi kotibi, tuman ijroiya qoʻmitasi raisi. 1954-yildan partiya tuman qoʻmitasining birinchi kotibi, viloyat sovxozlar tresti direktori, tuman qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish boshqarmasi boshligʻi. 1965-yildan partiya raykomining birinchi kotibi. 1967-yildan Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari. 1968-yildan Samarqand viloyat partiya komiteti kotibi. 1977-yildan Oʻzbekiston Kompartiyasi Surxondaryo viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi. 1985-yil avgust oyida nafaqaga chiqqan.

Millatlar kengashining salomatlik va farovonlik komissiyasi aʼzosi.

Oʻzbekiston SSRdan 10—11-chaqiriqlar (1979—1989) SSSR Oliy Soveti Millatlar Kengashi deputati etib saylangan.

Oilasi va shaxsiy hayoti Karimov Abduxoliq Karimovich 1923-yil 20-mayda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidan uncha uzoq bo‘lmagan Gadoy (Guliston) qishlog‘ida tug‘ilgan. Mahalliy maktabda oʻqigan. Maktabni tugatgach, oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1942-yilda ixtiyoriy ravishda urushga ketdi. 1946-yilda vataniga qaytdi. Musurmonqul Salomatning qiziga uylangan. Salomat Karimova taʼlim olmagan edi. Oilada besh farzand bor edi. Burxon, Dilbar, Gulnora, Abduqodir, Abdulla. Ota-onalar ularga har tomonlama taʼlim berishga harakat qildilar.

Mukofotlar

Sotsialistik Mehnat Qahramoni (03.05.1982) 3 ta Lenin ordeni (01.11.1957; 25.12.1976; 05.03.1982) Oktabr inqilobi ordeni (03.04.1980) Ikkinchi darajali Vatan urushi ordeni (03.11.1985) 3 ta Mehnat Qizil Bayroq ordeni (03.01.1965; 27.08.1971; 12.10.1973) medallar

Havolalar

Karimov Abduxalik (rus.). Sayt „Geroi strani“. Karimov, Abduxalik Karimovich — Geroy Sotsialisticheskogo Truda, foto. Karimov, Abduxalik Karimovich, Vokrug semi, foto

Turkum:1923-yilda tugʻilganlar Turkum:20-mayda tugʻilganlar Turkum:Jizzaxda tugʻilganlar Turkum:1994-yilda vafot etganlar Turkum:23-martda vafot etganlar Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti bitiruvchilari Turkum:Surxondaryo viloyati hokimlari Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Vatan urushi 2-darajali ordeni sohiblari Turkum:Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:Lenin mukofoti laureatlari Turkum:Oʻzbekistonda paxta ishi Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Surxondaryo viloyat qoʻmitasi birinchi kotiblari Turkum:Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputatlari Turkum:Sovet yozuvchilari Turkum:Oʻzbekiston SSRdan saylangan Millatlar Kengashi deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi tuman qoʻmitalari birinchi kotiblari Turkum:Oʻzbekiston komsomoli tuman qoʻmitalari birinchi kotiblari Turkum:Oʻzbekiston SSR tuman ijroiya qoʻmitalari raislari Turkum:Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat qoʻmitasi kotiblari Turkum:KPSS XXVI syezdi delegatlari