Belgiya ayollar super ligasi (gollandcha: Super League Vrouwenvoetbal/Belgisch Vrouwenvoetbal Kampioenschap; fransuzcha: Superligue/Championnat de Belgique féminin de futbol; nemischa: Superliga/Belgische Frauenfußballmeisterschaft) Belgiyadagi ayollar futboli ligasidagi eng yuqori toifali musobaqadir. Belgiya ayollar super ligasi 2015-yilda Belgiya va Gollandiya qoʻshma ligasi boʻlgan BeNe ligasidan tashkil etilganidan soʻng tashkil etilgan boʻlib, 2014-2015-yilgi mavsum Belgiya ayollar super ligasining ilk mavsumi boʻlishi belgilangan.
Formati 2015-2016-yilgi Belgiya ayollar super ligasida sakkizta jamoa ishtirok etdi. Ular birinchi bosqichda qoʻsh davrada (uy stadionidagi va mehmondagi oʻyinlar) oʻynashadi. Shundan soʻng, ochkolar yarmiga qisqartiriladi va eng yaxshi toʻrtta va quyi oʻrinlarni egallagan jamoalar har biri jami yana bir juft davrada oʻyinlarini oʻynaydi. Belgiya ayollar super ligasi g‘olibi Yevropa Chempionlar Ligasiga yo‘llanma oladi. Belgiya ayollar super ligasining so‘nggi o‘rnini egallagan jamoa quyi ligaga tushib ketadi.
2016-2017-yilda Belgiya ayollar super ligasida bor-yo‘g‘i yettita jamoa bo‘lganligi sababli format o‘zgartirildi va ikkinchi bosqich davra oʻyinlari bekor qilindi. Jamoalar har biri jami 24 ta oʻyin uchun oʻzaro toʻrt marta oʻynashdi. Teng ochkolarga ega boʻlgan jamoalar birinchi gʻalabalar soniga koʻra, ular ham teng boʻlsa toʻplar nisbati boʻyicha darajalarga b`olindi va shu tariqa eng yuqori va eng quyi oʻrindagi jamolar aniqlandi.
2017-2018-yilda Belgiya ayollar super ligasida bor-yoʻgʻi oltita jamoa oʻynadi va yana dastlabki ikki davralik formatga qaytildi.
Jamoalar Belgiya ayollar super ligasining birinchi mavsumida Club Brugge va yana beshta jamoa, shuningdek, birinchi divizionning eng yuqori oʻrinlarini egallagan uchta jamoa ishtirok etdi.
2015 va 2016-yilgi Belgiya ayollar super ligasi gʻolibi Liers 2016-2017-yilgi mavsumda Belgiya ayollar super ligada ishtirok etmadi, birinchi diviziondagi jamoalarning hech biri Belgiya ayollar super ligasida soʻnggi sakkizinchi oʻrinni olgan jamoada ustun kelmaganligi uchun Belgiya ayollar super ligasisining 2016-2017-yili mavsumida atigi yettita jamoa ishtirok etdi.
Jamoa Joylashgan shahar Uy stadionining nomi 2021-2020-yilgi mavsumdagi oʻrni RSC Anderlecht Anderlecht Lotto Park 1 Charleroi Charleroi Complexe De Marcinelle 10 Eendracht Aalst Aalst Pierre Cornelisstadion 8 KRC Genk Genk KRC Genk Ladies Terrein 4 KAA Gent Ghent PGB-Stadion 6 KV Mechelen Mechelen Jeugdvelden KV Mechelen ishtirok etmagan Oud-Heverlee Leuven Leuven Banqup Academy 2 Standard Liège Liège SL16 Football Campus 3 Club YLA Bruges Gemeentelijk Sportcentrum Aalter 5 White Star Woluwe Woluwe-Saint-Lambert Stade Communal Fallon 9 SV Zulte Waregem Zulte The Farm 7
Chempion jamoalar +Mavsum chempionlari va eng yaxshi toʻpurar futbolchilari roʻyxatiMavsum Chempion Ikkinchi oʻrin Uchunchi oʻrin Eng yaxshi toʻpurar (qavsda jamoasining nomi) Gollar 2015-2016 Standard Liège WD Lierse SK RSC Anderlecht Jana Coryn (Lierse) 192016-2017 Standard Liège RSC Anderlecht AA Gent Ladies Sanne Schoenmakers (Standard) 262017-2018 RSC Anderlecht AA Gent Ladies KRC Genk Ladies Ella Van Kerkhoven (Anderlecht) 272018-2019 RSC Anderlecht Standard Liège KRC Genk Ladies Ella Van Kerkhoven (Anderlecht) 212019-2020 RSC Anderlecht Standard Liège AA Gent Ladies Sanne Schoenmakers (Standard) 122020-2021 RSC Anderlecht Oud-Heverlee Leuven AA Gent Ladies Tessa Wullaert (Anderlecht) 382021-2022 RSC Anderlecht Oud-Heverlee Leuven AA Gent Ladies Tessa Wullaert (Anderlecht) 35
Manbalar
Havolalar Rasmiy veb-sayt Liga soccerway.com saytida UEFAdagi liga Turkum:Yevropadagi eng yuqori darajadagi ayollar futbol ligalari Turkum:Belgiya Turkum:Ayollar futbol tema jamoalari