Zhao Peng (1983-yil 20-iyunda tugʻilgan) — nafaqadagi xitoylik futbolchi.
Klubdagi faoliyati Zhao Peng Henan bilan ikkinchi divizionda gʻalaba qozonganidan keyin Henan Jianye Xitoy Superligasiga chiqgan. Jamoada Zhao asosiy oʻyinchilardan biriga aylangan. Keyingi mavsumda Zhao Henan jamoasida muhim rol oʻynagan va ular mavsum davomida Super ligada jon saqlab qolish uchun harakat qilishgan.Mavsum ohirida Henan jadvlada oʻn ikkinchi pogʻonani egalladi va Super ligada qoldi. Keyingi mavsumda Zhao Henan bilan Super ligada doimiy qolishga harakat qilishadi va 2009-yilgi liga mavsumiga kelib Zhao Henan jamoasi tarkibda fantastik oʻyin koʻrsatadi, bu esa klubni tarixidagi eng yuqori natija hisoblangan uchinchi oʻrinni egallashiga sabablardan biri boʻlgan. Bu natija klubga OChL yoʻllanmasini taqdim etgan.
Yi Teng va Zeng Cheng bilan birga Zhao 2013-yilning 1-yanvarida 20 million Yen evaziga Guangzhou Evergrandga o‘tgan. 2013-yilning 10-mayida u Guangzhouda debyutini safarda „Shanghai Shenhua“ga qarshi o‘yinda (3:0) o‘tkazgan va 77-daqiqada Rong Xao o‘rniga maydonga tushgan. U jamoada oʻz oʻrnini topa olmagan va koʻp vaqtini zaxira oʻrindigʻida oʻtkazgan. 2014-yilning 16-iyunida Zhao 2014-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun yuqori divizion vakili Changchun Yataiga ijaraga berilgan. Ammo jarohatlari tufayli u o‘sha mavsumda „Changchun“ safida birorta ham o‘yin o‘tkaza olmagan.
2015-yilning 14-fevralida Zhao Xitoyning birinchi ligasi vakili Qingdao Jonunga o‘tgan前恒大国脚加盟青岛中能 at sports.163.com 2015-02-14 Retrieved 2015-02-15. 2015-yilning 11-martida Zhao Xitoyning ikkinchi ligasi vakili Chengdu Qbaoga o‘tgan前国足队长加盟成都钱宝 at sports.163.com 2016-03-11 Retrieved 2016-03-14.
2019-yilning 23-fevralida Zhao Peng professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini rasman eʼlon qilgan.
Xalqaro faoliyati Zhao Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2009-yilning 29-mayida Germaniyaga qarshi o‘yinda (1:1) o‘tkazgan. U yana bir nechta oʻrtoqlik oʻyinlarida maydonga tushgan va hatto 2009-yil 30-sentyabrda Botsvanaga qarshi oʻyinda (4:1) birinchi golini urgan.
Faoliyat statistikasi
Xalqaro maydondagi gollar # Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 130.09.2009 Xohxot, Xitoy 3-0 4-1Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini 28.10.2010 Kunming, Xitoy 1-0 2-1Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini2.01.2011 Doha, Qatar 2-2 3-2 Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini (FIFAdan tashqari „A“ o‘yini) 310.08.2011 Xefey, Xitoy 1-0 1-0Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini 414.11.2012 Shanxay, Xitoy 1-0 1-1Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini
Yutuqlari
Klub Henan Jianye
Xitoy Birinchi ligasi : 2006-yil
Guangzhou Evergrand
Xitoy Superligasi : 2013-yil Osiyo Chempionlar Ligasi : 2013-yil
Xalqaro Xitoy terma jamoasi
Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2010-yil
Shaxsiy yutuqlari
Xitoy Superligasining eng yaxshi jamoasi aʼzosi: 2009-yil
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xitoylik erkak futbolchilar