Kowsar ayollar futbol ligasi () Eron Islom Respublikasi Futbol Federatsiyasi tomonidan boshqariladigan ayollar futbol ligasi. Eron futbol ligasi tizimining eng yuqori qismi hisoblanadigan Kowsar ayollar futbol ligasi islom olami mamlakatlari orasida nisbatan ertaroq tashkil etilgan.

Chunki nafaqat ayollar futboli, umuman, Eron Islom Respublikasida sportning futbol turiga boʻlgan qiziqish boshqa sport turlaridan yuqoriroq turadi. Kowsar ayollar futbol ligasi ayollar futboli va umuman umumayollar sporti boʻyicha ham mamlakatning asosiy musobaqasi hisoblanadi. Kowsar ayollar futbol ligasi 2007-yilda tashkil etilgan.

Tarixi Ayollar futboli Eronda 1970-yilda boshlangan. Xotin-qizlar erkaklar kabi futbol musobaqalarida ishtirok etishni istashgan, shuning uchun ular baʼzi erkaklar futbol oʻyinlarida qatnashishgan. Koʻplab konseravtiv qarashlar, 1979-yilgi Eron inqilobining taʼsiri natijasida Erondagi ayollarning futbolga boʻlgan qiziqishi va ishtiroki keskin pasaydi. Ayollar uydan koʻchaga chiqishi taqiqlandi. Yilllar oʻtgani sayin vaziayt yumshay boshladi. 2006-yil aprelda Prezident Mahmud Ahmadinajod konservatorlarning eʼtirozlariga qaramay, ayollarning stadionlarga kirishiga qoʻyilgan taqiqni bekor qildi. Biroq, taqiq Oliy Lider Oyatulloh Humayniy tomonidan 2006-yil 8-maydaqayta tiklandi. Hozirgi kunda ham ayol futbolchilar maxsus diniy kiyim (hijob)ga oʻrangan holda maydonga tushadilar.

2015-yilda Eron ayollar futboli tarixida birinchi marta milliy terma jamoa qitʼa musobaqasiga yoʻl oldi. (Eron U20 va U17 jamoasi oʻz yosh toifalari boʻyicha Xitoyda boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionatiga yoʻl olishgan).

Mavsumlar +Kowsar ayollar futbol ligasi chempionlari Mavsum Chempionlar Ikkinchi oʻrin 2007-08 Bal Gostar Malavan 2009-10 Malavan Oghab Mazandaran 2010-11 Shen Sa Arak Malavan 2011-12 Khatoon FC Sorx Poushan Gorgan 2012-13 Khatoon FC Malavan 2013-14 Khatoon FC Malavan 2014-15 Khatoon FC Malavan 2015-16 Shahrdari Sirjon Malavan 2016-17 Ayande Sazan Mihan Khatoon FC 2017-18 Khatoon FC Shahrdari Sirjon 2018-19 Khatoon FC Shahrdari Sirjon 2019-20 Khatoon FC Vuchan Kurdiston 2020-21 Shahrdari Sirjon Khatoon FC 2021-22 Khatoon FC Shahrdari Sirjon

Joriy klublar roʻyxati Jamoa Shahar Khatoon FC Bam Malavan Bandar Anzali Sepahan Isfaxon Palayesh Gas Ilom Shahrdari Sirjon Sirjon Sargol Busher Heyat Football Alborz Karaj Hamyari Urmiya Vuchan Sanandaj Zagros Sheroz

Chempionlar Klub Chempionlik Ikkinchi oʻrin Gʻalaba qozongan mavsumlar Khatoon FC 2011-12, 2012-13, 2013-14, 2014-15, 2017-18, 2018-19, 2021-22 Shahrdari Sirjon 2015-16, 2020-21 Malavan 2009-10 Shen Sa Arak 2010-11 Bal Gostar 2007-08 Ayande Sazan Mihan 2016-17 Sorkh Poushan Gorgan 2011-12 Oghab Mazandaran 2009-10 Vuchan Kurdiston 2019-20

Yana qarang

Ayollar klublari oʻrtasidagi Osiyo chempionati Eronda ayollar futboli Eron futbol ligasi tashkiloti „Istiqlol ayollar“ futbol klubi

Manbalar

Havolalar

Eron futbol ligasi tashkiloti rasmiy sayti

Turkum:Osiyodagi eng yuqori darajadagi ayollar futbol ligalari