Aymen Abdennur Aymen Abdennour // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.() — tunislik futbolchi, Qatarning " Umm Salal " klubi va Tunis terma jamoasida himoyachi sifatida faoliyat olib boradi.
Jamoalardagi faoliyati link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/09/AymenAbdennour_cropped.JPG/190px-AymenAbdennour_cropped.JPG|thumb|318x318px| Abdennour „Tuluza“ mashgʻulotlarida Abdennur „Etoile du Sahel“ klubining bitiruvchisi hisoblanadi. 2008-yilda Tunis chempionatida jamoa safida debyut qildi. 10-yanvar kuni „Bizertin“ga qarshi kechgan duelda Aymen klub uchun birinchi golini kiritgan. Birinchi mavsumida u 21 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urdi va jamoaning eng yosh futbolchisi boʻlgani uchun ham muxlislar sevimlisiga aylangan edi. 2010-yilning 14-yanvarida Aymen Germaniyaning „Verder“ klubiga keyinchalik sotib olish imkoniyati bilan olti oylik ijaraga o‘tgan. 16-yanvar kuni Frankfurtning „Ayntraxt“iga qarshi oʻyinda u Bundesligada debyut qildi.
2011-yilning yozida Abdennur Fransiyaning „Tuluza“ klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. 6-avgust kuni „Ajaccio“ga qarshi oʻyinda Aymen Liga 1da debyut qilgan. 2012-yilning 26-fevralida u klub safidagi ilk golini „Sosho“ darvozasiga kiritgan. 2012-yilda Aymen yaxshilangan shartlar asosida Tuluza bilan shartnomasini 2016-yilgacha uzaytirgan.
2014-yil boshida Abdennur ijara asosida Monakoga oʻtgan. 29-mart kuni „Evian“ga qarshi oʻyinda u yangi klubida debyut qilgan. Mavsum oxirida „Monako“ Aymenning transferini 13 million yevroga sotib oldi hamda 4 yillik shartnoma imzolagan. 9-dekabr kuni Chempionlar ligasi doirasida Sankt-Peterburgning „Zenit“ jamoasiga qarshi oʻyinda Abdennur jamoasi uchun birinchi golini raqib darvozasiga kiritdi.
Xalqaro martabasi Klubdagi ishonchli oʻyini tufayli 2009-yilda Abdennur 20 yoshida Tunis terma jamoasida debyut qilgan. 2011-yil 5-iyun kuni u milliy terma jamoadagi ilk golini 2012-yil Afrika Millatlar Kubogi saralash bosqichi doirasida Chadga qarshi o‘yinda kiritdi. 2012-yilda Aymen Afrika Millatlar Kubogiga daʼvogarlik qilgandi. Turnirda u Niger, Marokash, Gabon va Gana jamoalariga qarshi janglarda qatnashgan edi.
2013-yilda Abdennur ikkinchi marta turnirda qatnashdi. U Togo , Kot-dʼIvuar va Jazoir ga qarshi uchrashuvlarda qatnashgan.
2015-yilda Aymen uchinchi marta Ekvatorial Gvineyadagi Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Kongo DR , Kabo-Verde, Zambiya va musobaqa mezboni Ekvatorial Gvineya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi.
Tunis uchun gollari Yoʻ. sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa 1 2011-yil 5- iyun Olimpiya stadioni, Sousse TunisChad 2: 0 5: 0 2018 WCH saralash CAN-2012 2 2016- yil 9- oktyabr Mustafo Ben Janet stadioni, Monastir TunisGvineya 1: 0 2: 0 JCH-2018 saralash bosqichi
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Tunislik erkak futbolchilar Turkum:Sportchilar