Dame Harriet Mary Walter (1950-yil 24-sentabrda tugʻilgan) — ingliz aktrisasi. U „Laurence Olivier“ mukofotini, shuningdek, „Tony mukofoti“, uchta „Primetime Emmy“ mukofoti va „Screen Actors Guild“ mukofoti uchun koʻplab nominatsiyalarni qoʻlga kiritgan.

Walter oʻz karyerasini 1974-yilda boshlagan va 1986-yilda „Broadway“da debyut qilgan. „Royal Shakespeare Company“ning turli spektakllari, jumladan, „Twelfth Night“ (1987-88) va „Three Sisters“ (1988) filmlaridagi roli uchun uchun Olivier mukofotiga sazovor boʻldi. Walter 2005-yilda Londonda "Mary Stuart" filmidagi Elizabeth I roli uchun „Eng yaxshi ayol roli“ nominatsiyasida „Evening Standard“ mukofotini qoʻlga kiritdi va 2009-yilda „Broadway“da rolni takrorlaganida „Pyesadagi eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Tony mukofotiga sazovor boʻldi.

Walter „Sense and Sensibility“ (1995), „The Governess“ (1998), „Villa des Roses“ (2002), „Atonement“ (2007), „The Young Victoria“ (2009), „A Royal Affair“ (2012), „Star Wars: The Force Awakens“ (2015), „Denial“(2016), „The Sense of an Ending“ (2017), „Rocketman“ (2019) va Ridley Scottning „The Last Duel“ (2021) filmlarida, shuningdek, „Law & Order: UK“ (2009-2014) dramatik serialida Natalie Chandler rolini oʻynagan.

Yoshligi Walter Angliyaning London shahrida tugʻilgan. U britaniyalik aktyor Christopher Leening jiyani. Otasi tomonidan Walter „The Times“ asoschisi John Walterning nevarasi. Walter Cranborne Chase maktabida tahsil olgan. Universitet taʼlimini rad etganidan soʻng, u London musiqa va dramatik sanʼat akademiyasiga qabul qilinishidan oldin besh marotaba drama maktabi tomonidan rad etilgan.

Faoliyati Walter o‘z faoliyati davomida Royal Shakespeare kompaniyasida ishlagan. Jumladan:"Nicholas Nickleby" (1980), „A Midsummer Nightʼs Dream“ (1981), „All’s Well That Ends Well“ (1981), „The Castle“ (1985), „Twelfth Night“ (1988) filmida Viola rolini, „Three Sisters“ (1988) filmida Masha rolini, „The Duchess of Malfi“ (1989), „Macbeth“ (1999) va „Much Ado about Nothing“ (2002) filmlarida rol ijro etgan.

1987-yilda Walter Royal Shakespeare kompaniyasining yordamchi rassomi etib tayinlangan. Uning teatrdagi faoliyati quyidagi sahna asarlarida oʻz ifodasini topgan: „Three Birds Alighting on a Field“ (1991), „Arcadia“ (1993), „Hedda Gabler“ (1996), „Ivanov“ (1997) va „Mary Stuart“ (2005).

1993-yilda Walter "Three Birds Alighting on a Field" filmida Biddy rolini oʻynadi va buning uchun u Drama Desk mukofoti nominatsiyasini oldi. 2009-yilda Walter Broadway sahnasiga qaytdi. 2014-yilda Walter „ Julius Caesar Off-Broadway“ spektaklida Brut rolini oʻynadi va oʻzining ikkinchi Drama Desk mukofoti nominatsiyasini oldi.

Walter, shuningdek, bir qancha taniqli xayriya tashkilotlarining homiysi;

Buyuk Britaniyadagi maktab o‘quvchilariga Shekspir asarini professional teatrlarda ijro etish imkonini beruvchi xayriya tashkiloti

Chet eldagi mahbuslar, xorijda qamoqqa olingan britaniyaliklar va ularning oilalari farovonligini qo‘llab-quvvatlovchi xayriya tashkiloti

„Clean Break“ xayriya va teatr kompaniyasiga bag‘ishlangan tashkiloti. Bu kompaniya qamoqqa olingan ayollarning yashirin hikoyalarini baham koʻrish va jinoyatchi ayollarning hayotini oʻzgartirish uchun yordam beradi.

2019-yilning 19-avgustida Walter „BBC America and AMC“ serialining "Killing Eve" aktyorlari tarkibiga qoʻshilishi haqida xabar berdi.

Shaxsiy hayoti 1996-yildan 2004-yildagacha uning turmush oʻrtogʻi aktyor Peter Blythe edi. 2009-yilda Walter aktyor Guy Paul bilan uchrashdi. Ular 2011-yil may oyida turmush qurishdi.

Filmografiya

Film Yil Kino nomlari Rol Izohlar 1984-yil Reflections Ottilie Garinger 1985-yil The Good Father Emmy Hooper Turtle Diary Harriet Simms 1990-yil May Fools Lily 1993-yil The Hour of the Pig Jeannie Martin 1995-yil Sense and Sensibility Fanny Dashwood 1996-yil The Leading Man Liz Flett 1997-yil Keep the Aspidistra Flying Julia Comstock 1998-yil Bedrooms and Hallways Sybil The Governess missis Cavendish 1999-yil Onegin Larina xonim 2002-yil Villa des Roses Olive Burrell 2003-yil Bright Young Things Ledy Meitland 2005-yil Chromophobia Penelope Aylesbury 2006-yil Babel Lilly 2007-yil Atonement Emily Tallis 2009-yil Cheri La Loupiote The Young Victoria Qirolicha Adelaida Morris: A Life with Bells On Professor Compton Chemberlain From Time to Time Dresham xonim 2012-yil A Royal Affair Augusta of Saxe-Gotha The Wedding Video Alex 2014-yil Suite Française Viscountess de Montmort 2015-yil Man Up Fran Star Wars: The Force Awakens(Yulduzlar jangi:Kuchning uygʻonishi) Kalonia 2016-yil Denial Vera Reich Mindhorn Agent 2017-yil The Sense of an Ending Margaret 2019-yil Rocketman Helena Piena 2020-yil Herself Peggy 2021-yil The Last Duel Nicole de Buchard

Manbalar

Turkum:Angliyalik televideniye aktrisalari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1950-yilda tugʻilganlar Turkum:Ayol Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Angliyalik aktrisalar