Tagalog Respublikasining milliy madhiyasi (inglizcha nomi: Honorable Hymn of the Tagalog Nation/People) — Filippin inqilobi qoʻshigʻi boʻlib, 1896-yil noyabrda Julio Nakpil tomonidan Andres Bonifacio talabiga binoan inqilobiy Tagalog Respublikasi madhiyasi sifatida yaratilgan. Biroq, bu yangi paydo boʻlgan inqilobiy hukumat tez orada tugatildi va Emilio Aguinaldo boshchiligida yangi inqilobiy hukumat shakllantirildi. Bugungi kunda Lupang Hinirang nomi bilan tanilgan kompozitsiya Filippin Respublikasining milliy madhiyasiga aylandi.

Tarix Andres Bonifacio Julio Nakpildan Filippin milliy davlati uchun milliy madhiya yozishni soʻradi, chunki uning yangi shakllangan inqilobiy hukumati uchun yangi madhiya zarur edi. Filippin millatining bu konsepsiyasi Xaring Bayang Katagalugan („Suveren Tagalog millati/xalqi“ yoki „Tagalog xalqining suveren millati“), shuningdek, Republikang Katagalugan („Tagalog millati/xalqi respublikasi“) nomi bilan ham tanilgan.

Madhiya birinchi marta 1896-yilning noyabrida Bonifacioning Balaradagi lagerida ijro etilgan. Nakpil tanlagan shakl, yaʼni uslub, anʼanaviy tarzda kuylangan ibodat yoki iltijo shaklida edi. Keyinchalik Nakpil Himno Nacional nusxasini oʻsha paytda Kavitada boʻlgan Bonifacioga 1897-yil 30-yanvardagi xat bilan birga yubordi. Bonifacio 13-fevralda unga javob xati yubordi va mamnun ekanliginini bildirdi.

Biroq, Bonifacio Katipunanning Kavitdagi Magdalo va Magdivang fraksiyalari ishtirokidagi hokimiyat uchun kurashda magʻlub boʻldi va uning oʻrniga Emilio Aguinaldo boshchiligidagi inqilobiy hukumat keldi. Bonifacio qatl etildi.

Matn Quyidagi soʻzlar Nakpilning „Balara — 1896-yil noyabri“ bilan yaratilgan qoʻlyozmasiga tayanadi.

Tagalog tilidaInglizcha tarjima Mabuhay, mabuhay yaong Kalayaan At pasulungin ang puri't Kabanalan. Kastila'y mairing ng Katagalugan At ngayo'y ipagwagi ang kahusayan.Long live, long live this Freedom And let us promote virtue and Holiness. Let the Tagalog Nation/People fight the Spaniards And now let us make excellence triumph.

Manbalar

Havolalar Bonifacio's April 1897 letter to Nakpil thanking him for the Himno Nacional Turkum:Filippin Turkum:Madhiyalar