Xalqaro konkida uchish ittifoqi ( ISU) — konkida uchish sport turlari: figurali uchish, konkida uchish va short-treklarni boshqaradigan xalqaro federasiya sanaladi.

1892-yilda Sxeveningenda (Niderlandiya) tashkil etilgan. Bu eng qadimgi xalqaro sport federasiyalaridan biridir. Tashkilotni yaratishdan maqsad konkida uchish sportining yagona qoidalari va me’yorlarini belgilash, xalqaro musobaqalarni tashkil etishdan iborat. 1895-yilda ISU faqat havaskorlar musobaqasiga e’tibor qaratishga qaror qildi. 1896-yil fevral oyida Sankt-Peterburg  egidligi ostida birinchi chempionat o‘tkazildi Ice Skating Champions .

Ayni kunda federasiyaning bosh qarorgohi Shveysariyaning Lozanna shahrida joylashgan.

Tashkilot 2008-yil yoz holatiga ko‘ra, ISU 63 ta davlat-a’zolaridan iborat bo‘lib, ulardan 11 tasi boshqaruv kengashi a’zolari sanaladi. Yig‘ilish kun tartibida har qanday taklif kiritish uchun to‘rt-besh nafar a’zolar qo‘llab-quvvatlashi zarur. Kun tartibiga doir takliflar uchdan ikki  foizi yoki ko‘pchilikning ovozi bilan ma’qullanadi.

ISU prezidentlari

1882-1894 yillar Villem J. X. Mulyer 1894-1924 yillar Viktor Balk 1925-1937 yillar Ulrich Salchow 1937-1945 yillar Gerrit V. A. Van Laer 1945-1953 yillar Gerbert Klark 1953-1967 yillar Jeyms Koch 1967-1967 yillar Ernst Labin 1967-1980 yillar Jak Favard 1980-1994 yillar Olaf Paulsen 1994-2016 yillar Ottavio Cinquanta 2016-2022 yillar Yan Dykema 2022 yildan beri Kim Jayeol

Manbalar

Havolalar

Rasmiy sayt Turkum:Sport tashkilotlari