Shin Min Ah (;1984-yil 5-aprelda tugʻilgan) — janubiy koreyalik aktrisa, qoʻshiqchi va model. „Love that kills“, „My girlfriend is Gumiho“, „Aran and Magistrate“, „Oh, my Venus!“, „Tomorrow with You“ va „Seaside village Cha-cha-cha“ teleseriallaridagi rollari bilan mashhur.
Tarjimai holi Sin Min A 1984-yil 5-aprelda Koreya Respublikasi, Kyonnggi provinsiyasi, Seongnam shahrida tug‘ilgan. U oiladagi uchinchi farzand. Minning katta opasi va ukasi bor.
Faoliyati Min A oʻz kasbiy faoliyatini model sifatida boshlagan. 1998-yilda, oʻrta maktabda oʻqiyotgan Min A va uning doʻstlari sayr qilishayotganda birga suratga tushishadi va fotosuratlarni „KiKi“ („키키“) yoshlar jurnaliga yuborishadi. Fotosuratlar ichidan Min A jurnal uchun model sifatida tanlangan.
Min A 2001-yilda aktrisalik debyutini qiladi. Aktrisa „Volcanic impact“ komediyasi va „Madlen“ romantik melodramasidagi debyut rollari bilan omma eʼtiborini tortadi . Shundan soʻng, Min A „Bitterness and sweetness“ filmida kichik rol ijro etadi, filmda Li Byung-hun uning suratga olish maydonchasidagi hamkasbiga aylanadi. Min A „Love that kills“ dramasida Rain bilan birga, „The beauty and the Beast“ romantik komediyasida Ryu Seung Bum bilan birga va Um Tae Vun va Ju Ji Xun bilan „Devil“ trillerida suratga tushgan. Ammo unga Li Seung Gi bilan rol ijro etgan „My girlfriend is Gumiho“, Lee Jun Gi bilan „Aran and Magistrate“ va Seo Ji Sub bilan birga suratga tushgan „Oh, My Venus“ seriallari eng koʻp mashhurlik keltirgan dramalari hisoblanadi.
Shaxsiy hayoti 2015-yil iyul oyida Sin Min A va aktyor Kim U Bin uchrashishayotgani haqidagi mish-mishlar tarqalgach, ularning agentliklari bunnday gap-soʻzlarni tasdiqladilar. Min A va U Bin 2015-yil boshida tanishib, bir-birlariga qiziqib qolishgan. Juftlik may oyida ishqiy munosabatlarni boshlagan.
Filmografiyasi
Filmlar Yil Nom Rol 2001 Volcanic impact Yu Chae Yi 2003 Madlen Va Xi Jin 2005 Bitterness and sweetness Yun Xi Su The beauty and the Beast Jang Xe-ju 2007 My Brave Princess Kang Seo Hwi 2008 Qani, yetmishinchi Mimi 2009 Bare kitchen Ahn Mo Rae Million Cho Yu-jin 2013 X Mia 2014 Kyonju Gong Yon Xi My love, my bride Oh Mi Young 2016 Spring dreams Min A (kameo)
Kliplar YilQoʻshiqIjrochi1998Sad WayS#arp1999A RequestLee Seung HwanYour scentSonyaEyes Want to TravelLeon LaiLove and Remembranceg.o.d2000Since You Left Meg.o.dDo You Know?Cho Seong-mo2001With CoffeeBrown EyesI Love YouCha tae hyungSad Loveg.o.dA Foolg.o.dYou Just Donʼt Knowg.o.d2009Miracle BlueLoveholics
Manbalar
Havolalar
Shin Min Ah Facebookda Shin Min Ah Instagramda
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:5-aprelda tugʻilganlar Turkum:Janubiy Koreyalik aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar