Chloe Anne Peplow (; 1998-yil 3-dekabrda tugʻilgan) — ingliz yarim himoyachi, Readingdan ijaraga oʻtgan holda Crystal Palaceda oʻynaydi. Chloe 17 yoshgacha va 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoalarda Angliyani himoya qilgan.

Faoliyati

Birmingham City 16 yoshida Peplow Birmingham City bilan 2014-yil dekabr oyida FA WSL 2015 mavsumi uchun shartnoma imzoladi. 2015-yil 5-sentabrda Birminham Bristol City ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda kattalar jamoasi safida debyut qildi. Klub bilan birinchi professional shartnomasini imzolaganidan soʻng va 2016-yilgi FA WSL mavsumiga qaytgan Peplow jamoada 13 ta oʻyinda maydonga tushdi. Bimringhamning 2017-yilgi Ayollar Kubogi finalida Manchester City ga qarshi oʻyinda Andrine Hegerberg oʻrniga maydonga tushdi.

FA WSL 2 klubi Doncaster Rovers Bellesga 2017-yil sentabr oyida ijarga oʻtgan.

Tottenham Hotspur Donkasterda ijara muddati tugagach, Chloe Peplow klubni tark etib, Superliga vakili Tottenhamga qoʻshildi. Klubdagi 2 yil davomida u turli musobaqalarda 20 marta maydonga tushdi. Ammo jamoada bironta ham gol ura olmadi va 2021-yilgi transfer oynasida Reading ayollar jamoasiga qoʻshildi.

Reading 2021-yil 8-iyulda Reading yarim himoyachini nomaʼlum pul miqdori evaziga oʻz jamoasiga qoʻshganini tasdiqladi

Xalqaro Chloe Peplow Angliyani 15 yoshgacha, 17 yoshgacha va 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoalarda himoya qilgan. Peplow U17 va U19 Yevropa chempionatlarida qatnashgan.

Faoliyat statistikasi

Klublarda

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar Klub Mavsum Liga Mamlakat kubogi Liga kubogi Qitʼa Boshqa Jami Liga Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Donkaster Rovers Belles 2017—2018 WSL 2 5 0 2 0 — — 7 0 Brighton & Hove Albion 2017—2018 WSL 2 11 1 0 0 - - 11 1 2018—2019 FA Ayollar Superligasi 16 0 1 0 2 0 - - 19 0 Jami 27 1 1 0 2 0 - - - - 30 1 Tottenxem Hotspur 2019—2020 FA Ayollar Superligasi 12 0 3 0 4 0 - - 19 0 2020—2021 4 0 0 0 2 0 - - 6 0 Jami 16 0 3 0 6 0 - - - - 25 0 Reading 2021—2022 FA Ayollar Superligasi 12 0 0 0 3 0 — — 15 0 Jami faoliyat 60 1 4 0 13 0 - - - - 77 1

Terma jamoada +YillarTerma jamoaIshtirokGollar2013—2015Angliya U171402016—2017Angliya U191102017—2018Angliya U2080

Yutuqlari Angliya U20

FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati uchinchi oʻrin: 2018

Birmringham City

FA WSL kubogi sohibi: 2016-yil Ayollar oʻrtasidagi Angliya kubogi sohibi: 2017-yil

Manbalar

Havolalar Brighton & Hove Albion player profile

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik ayol futbolchilar