2012-yilgi Keniya ayollar Premier-ligasi 3-mart kunidan boshlanib, to 23-sentabrgacha davom etdi. 23-sentyabr kuni liganing tantanali yopilish marosimi oʻtkazildi. Keniya ayollar Premier-ligasi (shuningdek, FKF Qizlar Premier-ligasi sifatida ham tanilgan) Keniyadagi eng yuqori darajada tashkil etiluvchi ayollar futbol ligasi hisoblanadi.Keniya ayollar Premier-ligasi Keniya futbol federatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Ushbu Premier-liga har yili Keniyaning ayol futbol jamoalari oʻrtasida oʻtkazilib kelinadi.

Liga tavsilotlari Matuu futbol klubi 2012-yilning 6-oktabrida mavsum oxirida Sotik Super Stars klubi bilan boʻlgan oʻyindan soʻng quyi ligaga tushib ketishi kerak edi, Kamaliza Eaglets va Sotik Super Stars futbol jamoalari diskvalifikatsiya qilinganidan soʻng chempionlikka asosiy davogarlarda biri boʻldi va Matuu jamoasi oʻyin davomida 1 ta durang va 10 ta gʻalaba bilan yakunda gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrin Matuu jamoasidan bir ballgagina farq iluvchi MOYAS Ladies futbol klubiga nasib qildi, ularda 10ta gʻalaba va 1 ta magʻlubiyat qayd etilgan. Uchinchi oʻrindagi Old Is Gold jamoasidan Millicent Mwanzi mazkur liganing Oltin butsa mukofotini qoʻlga kiritdi va liga davomida urilgan 31 ta gol zarbasi bilan boshqa jamoa hujumchilari ichida eng yaxshi natija Millicent Mwanziga tegishli deb topildi. Oʻyinda shuningdek, Esse Akida (gʻolib jamoa Matuu hujumchisi) va Mildred Cheche (MOYAS Ledies jamoasi toʻp urari) har biri 30 tadan gol urishgan. Mathare United hujumchisi Janet Nyaboke esa 21 ta golga mualliflik qilgan.

Liga jadvali

Natijalar

Eng yaxshi toʻpurarlar Daraja Oʻyinchi Klub Maqsadlar 1 Millisent Mvanzi Old is Gold futbol klubi 31 2 Esse Akida Matuu futbol klubi 30 Mildred Cheche MOYAS Ladies futbol klubi 4 Janet Nyaboke Mathare United futbol klubi 21 5 Ramazon Shagila Kisii United futbol klubi 20 6 Meri Kinutiya Matuu futbol klubi 19 7 Kler Vanga Makolanders futbol klubi 17 8 Elizabet Mvikali MOYAS Ladies futbol klubi 14 9 Vinni Mugeci Mathare United futbol klubi 11 Jeklin Akoth MOYAS Ladies futbol klubi

Manbalar

Turkum:Keniya Turkum:Keniya futboli Turkum:Keniya ayollari