Marcus Ellis (1989-yil 14-sentyabrda tugʻilgan) — britaniyalik badmintonchi. U 2016-yilgi badminton boʻyicha Angliya milliy chempionatida erkaklar oʻrtasidagi juftlik toifasi chempioni boʻlgan. Ellis va Chris Langridge 2016-yilda Rio de Janeyroda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida bronza, 2018-yilda Avstraliyaning Gold Coastida boʻlib oʻtgan Hamdoʻstlik oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritdi. 2019-yilgi Minsk Yevropa oʻyinlarida Ellis erkaklar juftlik bahslarida Langridge va aralash juftlik bahslarida Lauren Smith bilan ikkita oltin medalga sazovor boʻldi.
Shaxsiy hayoti Sheila va John Ellisning kenja oʻgʻli Marcus Ellis 1989-yil 14-sentyabrda West Yorkshirening Huddersfield shahrida tugʻilgan. Uning James ismli katta akasi bor. Ellis yetti yoshida otasi uni Slaithwaite shahridagi Colne Valley dam olish markaziga olib borganida badminton oʻynashni boshlagan.
Ellis dastlabki taʼlimini Huddersfielddagi Clough Head Junior maktabida olgan, keyinroq Linthwaite qishlogʻidagi Colne Valley High School davlat umumtaʼlim maktabida oʻqishini davom ettirgan. U oʻrta maktabda hozir Huddersfield Town futbol klubi darvozaboni Alex Smithis bilan birga oʻqigan. Keyin Ellis Huddersfield New kollejida 6 oy davomida taʼlim olgan va Milton Keynesdagi milliy badminton markazida mashq qilish uchun 17 yoshida Huddersfielddan uzoqlashishga qaror qildi.
Ellis Sent-Albanda yashagan.
Faoliyati Professional faoliyatining dastlabki yillarida Ellis juftlik bahslarida Tom Wolfenden va Peter Mills, aralash juftlikda esa Gabby Adcock va Mariana Agathangelou kabi bir qancha badmintonchilar bilan hamkorlik qildi. U 2013-yilda Paul van Rietvelde bilan Daniya xalqaro turnirida erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida gʻolib chiqqan.
2014-yil sentyabrida Ellis Chris Langridge bilan birgalikda oʻynay boshladi. Ular 2014-yil dekabr oyida Italiya ochiq chempionati erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida, 2015-yil fevralida esa Angliya milliy badminton chempionatida gʻalaba qozongan va 2016-yilda yana bir marotaba shu musobaqada oltin medalga sazovor boʻlgan. Ellis va Chris, shuningdek, 2015-yilda Uels xalqaro musobaqasida gʻolib chiqdi. Juftlik 2016-yilda La Roche-sur-Yonda boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida yarim finalda magʻlub boʻlib, bronza medalini qoʻlga kiritdi. Ellis, shuningdek, Yevropa jamoaviy chempionatlari: 2015-yilda aralash jamoada kumush va 2016-yilda erkaklar jamoasida bronza medaliga sazovor boʻlgan.
2016-yilda Rioda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlari davomida Ellis va Langridge dunyo reytingida 22-oʻrinni egalladi, ular bronza medalni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan, bu esa badminton boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida Britaniya jamoasi tomonidan Olimpiada oʻyinlarida qoʻlga kiritilgan birinchi medaldir.
2017-yilda Ellis Lauren Smith bilan aralash juftlik toifasida Gollandiya ochiq chempionatiga qatnashib birinchi Grand Pri turniri gʻalabasini qoʻlga kiritdi.
Avstraliyaning Gold Coastida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Hamdoʻstlik oʻyinlarida Ellis uchta medalga sazovor boʻldi: Chris Langridge bilan erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritdi, bu Angliyaning 40 yil ichidagi oʻyinlarda erishgan birinchi erkaklar badminton juftlik gʻalabasi edi; Lauren Smith bilan aralash juftlik bahslarida kumush va shuningdek, aralash jamoaviy musobaqada bronza medali bilan taqdirlandi. Ispaniyaning Huelva shahrida boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Yevropa chempionatida u yarim finalni yakunlandi va oʻyinlarda Daniya juftligi Mathias Christiansen hamda Christinna Pedersenga yutqazib, Smith bilan aralash juftlik musobaqasida bronza medali bilan kifoyalandi.
Ellis 2019-yilgi Yevropa oʻyinlarida Buyuk Britaniya vakili boʻlish huquqini qoʻlga kiritdi, erkaklar juftlik bahslarida Chris Langridge va aralash juftlikda Lauren Smith bilan oʻynadi. Erkaklar va aralash juftlik bahslarida ikkinchi raqam ostida harakat qilgan Ellis ikkala musobaqada ham finalga chiqdi. Erkaklar oʻrtasidagi juftlik bahslarida u va Langridge daniyalik Kim Astrup va Anders Skaarup Rasmussenni ketma-ket 21–17, 21–10 hisobida magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. Ellis oʻzining ikkinchi oltin medalini Smith bilan aralash juftlikda ularning jamoadoshlari Chris Adcock va Gabby Adcockni 21–14, 21–9 hisobida magʻlub etganidan keyin qoʻlga kiritdi.
Ellis 2020-yilgi mavsumni oʻzining eng katta gʻalabasi bilan ochdi, chunki mavsumdagi ikkinchi turnirida u Lauren Smith bilan hamkorlikda Thailand Masters musobaqasida oʻzining birinchi Super 300 darajasidagi gʻalabasiga erishdi. Keyin u va Smith Spain Masters musobaqasining chorak finaliga va Butun Angliya ochiq yarim finaliga chiqdi. Oktyabr oyida Ellis va Chris Langridge 2020-yilgi Daniya ochiq chempionatida erkaklar oʻrtasidagi juftlik chempionligini qoʻlga kiritdi va 45 yil ichida Daniya ochiq chempionatida gʻolib chiqqan birinchi ingliz erkaklar juftligi boʻldi.
Ellis 2021-yilda Ukrainaning Kiyev shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida ishtirok etdi va Smith bilan aralash juftlik bahslarida kumush, erkaklar oʻrtasidagi juftlikda Langrid bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi. Iyul oyida u va Smith 2020-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻynagan, ammo chorak finalda magʻlubiyatga uchragan.
Yutuqlari link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/4f/Marcus_Ellis_and_Lauren_Smith.jpg/220px-Marcus_Ellis_and_Lauren_Smith.jpg|thumb| Marcus Ellis va Lauren Smith 2022-yilgi Germaniya ochiq chempionatida
Olimpiada oʻyinlari Erkaklar juftliklari Yil Joy Hamkor Raqib Hisob Natija 2016 Riocentro — Pavilion 4, Rio de Janeyro, Braziliya Chris Langridge Chai Biao Hong Wei 21–18, 19–21, 21–1016x16px Bronza
Hamdoʻstlik oʻyinlari Erkaklar juftliklari Yil Joy Hamkor Raqib Hisob Natija 2018 Carrara sport va dam olish markazi, Gold Coast, Avstraliya Chris Langridge Satwiksairaj Rankireddy Chirag Shetty 21–13, 21–16alt=Gold|Oltin Oltin Aralash juftliklar Yil Joy Hamkor Raqib Hisob Natija 2018 Carrara sport va dam olish markazi, Gold Coast, Avstraliya Lauren Smith Chris Adcock Gabby Adcock 21–19, 17–21, 16–21alt=Silver|Kumush Kumush 2022 Milliy koʻrgazma markazi,Birmingem, Angliya Lauren Smith Terry Hee Jessica Tan 16–21, 15–21alt=Silver|Kumush Kumush
Yevropa oʻyinlari Erkaklar juftliklari Yil Joy Hamkor Raqib Hisob Natija 2019 Falcon Club, Minsk, Belarusiya Chris Langridge Kim Astrup Anders Skaarup Rasmussen 21–17, 21–10alt=Gold|Oltin Oltin Aralash juftliklar Yil Joy Hamkor Raqib Hisob Natija 2019 Falcon Club, Minsk, Belarusiya Lauren Smith Chris Adcock Gabby Adcock 21–14, 21–9alt=Gold|Oltin Oltin
Yevropa chempionati Erkaklar juftliklari Yil Joy Hamkor Raqib Hisob Natija 2016 Vendéspace, La Roche–sur–Yon, Fransiya Chris Langridge Mads Conrad-Petersen Mads Pieler Kolding 19–21, 14–21alt=Bronze|Bronza Bronza 2021 Sport saroyi, Kiyev, Ukraina Chris Langridge Vladimir Ivanov Ivan Sozonov 15–21, 10–21alt=Bronze|Bronza Bronza Aralash juftliklar Yil Joy Hamkor Raqib Hisob Natija 2018 Palacio de los Deportes Karolina Marin, Huelva, Ispaniya Lauren Smith Matias Christiansen Christinna Pedersen 16–21, 21–19, 12–21alt=Bronze|Bronza Bronza 2021-yil Sport saroyi, Kiyev, Ukraina Lauren Smith Rodion Alimov Alina Davletova 21–11, 16–21, 15–21alt=Silver|Kumush Kumush
BWF World Tour (9 ta gʻalaba, 3 ta ikkinchi oʻrin) 2017-yil 19-martda eʼlon qilingan va 2018-yilda amalga oshirilgan BWF World Tour Badminton Butunjahon Federatsiyasi (BWF) tomonidan ruxsat etilgan elita badminton turnirlari seriyasidir. BWF World Tour World Tour Finals, Super 1000, Super 750, Super 500, Super 300 (HSBC World Tourning bir qismi) va BWF Tour Super 100 darajalariga boʻlingan.
Erkaklar juftliklari Yil Turnir Daraja Hamkor Raqib Hisob Natija 2018 Kanada ochiq turniri Super 100 Chris Langridge Mark Lamsfus Marvin Zaydel 19–21, 21–18, 22–20 Gʻolib 2018 SaarLorLux ochiq turniri Super 100 Chris Langridge Aaron Chia Soh Wooi Yik 21–23, 21–18, 21–19 Gʻolib 2018 Shotlandiya ochiq turniri Super 100 Chris Langridge Devid Daugaard Frederik Sogaard 23–21, 21–16 Gʻolib 2020 Daniya ochiq turniri Super 750 Chris Langridge Vladimir Ivanov Ivan Sozonov 20–22, 21–17, 21–18 Gʻolib Aralash juftliklar Yil Turnir Daraja Hamkor Raqib Hisob Natija 2018 Shveysariya ochiq turniri Super 300 Lauren Smith Mark LamsfusIzabel Xertrich 20–22, 19–21 Ikkinchi oʻrin 2018 Kanada ochiq turniri Super 100 Lauren Smith Mark Lamsfus Izabel Xertrich 21–13, 21–4 Gʻolib 2018 Spain Masters Super 300 Lauren Smith Niklas Nohr Sara Tigesen 19–21, 17–21 Ikkinchi oʻrin 2018 Gollandiya ochiq turniri Super 100 Lauren Smith Tom Gicquel Dolphine Delrue 21–15, 21–15 Gʻolib 2018 SaarLorLux ochiq turniri Super 100 Lauren Smith Lu Kay Chen Lu 19–21, 21–18, 21–10 Gʻolib 2018 Shotlandiya ochiq turniri Super 100 Lauren Smith Jakko Arends Selena Piek 13–6 nafaqaga chiqqan Gʻolib 2019 Syed Modi xalqaro turniri Super 300 Lauren Smith Rodion Alimov Alina Davletova 18–21, 16–21 Ikkinchi oʻrin 2020 Thailand Masters Super 300 Lauren Smith Hofiz Fayzal Gloria Emanuelle Widjaja 21–16, 13–21, 21–16 Gʻolib
BWF Grand Prisi (1 ta gʻalaba, 1 ta ikkinchi oʻrin) BWF Grand Prisi ikki darajaga ega edi: Grand Pri va Grand Pri Oltin. Bu Badminton Butunjahon Federatsiyasi (BWF) tomonidan ruxsat etilgan va 2007 hamda 2017-yillar oraligʻida oʻtkazilgan badminton turnirlari seriyasi hisoblanadi. Yil Turnir Hamkor Raqib Hisob Natija 2012 Gollandiya ochiq turniri Gabrielle White Mads Pieler Kolding Kamilla Rytter Juhl 15–21, 13–21 Ikkinchi oʻrin 2017 Gollandiya ochiq turniri Lauren Smith Jakko Arends Selena Piek 21–17, 21–18 Gʻolib
BWF Grand Pri Oltin turnirlari BWF Grand Pri turnirlari
BWF xalqaro musobaqalari/seriyalari (16 ta gʻalaba, 14 ta ikkinchi oʻrin) Erkaklar juftliklari YilTurnirHamkorRaqibHisobNatija2009Belgiya xalqaro turniri Peter Mills Ruud Bosch Koen Ridder28–30, 12–21 Ikkinchi oʻrin2009Irlandiya xalqaro turniri Peter Mills Mads Conrad-Petersen Mads Pieler Kolding18–21, 11–21 Ikkinchi oʻrin2010Chexiya xalqaro turniri Peter Mills Chris Langridge Robin Middleton9–21, 19–21 Ikkinchi oʻrin2010Bolgariya xalqaro turniri Peter Mills Martin Campbell Angus Gilmour21–14, 21–10 Gʻolib2010Norvegiya xalqaro turniri Peter Mills Ingo Kindervater Johannes Schöttler17–21, 21–23 Ikkinchi oʻrin2010Shotlandiya xalqaro turniri Peter Mills Chris Adcock Andrew Ellis21–19, 11–21, 21–15 Gʻolib2011Shotlandiya xalqaro turniri Peter Mills Vladimir Ivanov Ivan Sozonov19–21, 19–21 Ikkinchi oʻrin2011Irlandiya xalqaro turniri Peter Mills Adam Cwalina Michał Łogosz15–21, 15–21 Ikkinchi oʻrin2012Portugaliya xalqaro turniri Paul van Rietvelde Zvonimir Đurkinjak Nikolaj Overgaard12–21, 20–22 Ikkinchi oʻrin2012Belgiya xalqaro turniri Paul van Rietvelde Adam Cwalina Koen Ridder18–21, 17–21 Ikkinchi oʻrin2012Uels xalqaro turniri Paul van Rietvelde Peter Briggs Harley Towler16–21, 21–9, 21–16 Gʻolib2013Italiya xalqaro turniri Paul van Rietvelde Kim Astrup Anders Skaarup Rasmussen25–23, 16–21, 21–19 Gʻolib2014Italiya xalqaro turniri Chris Langridge Michael Fuchs Johannes Schöttler21–11, 21–19 Gʻolib2015White Nights Chris Langridge Koo Kien Keat Tan Boon Heong10–21, 12–21 Ikkinchi oʻrin2015Uels xalqaro turniri Chris Langridge Adam Cwalina Przemysław Wacha21–16, 16–21, 21–16 Gʻolib2016Avstriya ochiq turniri Chris Langridge Kenya Mitsuhashi Yuta Watanabe21–14, 21–16 Gʻolib2017Yonex/K&D Graphics xalqaro turniri Chris Langridge Lu Chia-hung Lu Chia-pin21–14, 21–17 Gʻolib2019Ozarbayjon xalqaro turniri Chris Langridge Mark Lamsfuß Marvin Seidel17–21, 21–23 Ikkinchi oʻrin2019Xarkov xalqaro turniri Chris Langridge Ben Lane Sean Vendy19–21, 18–21 Ikkinchi oʻrin Aralash juftliklar