Goran Pandev (1983-yil 27-iyulda tugʻilgan) — makedoniyalik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan.
„Latsio“ da oʻzini koʻrsatgandan soʻng, Pandev 2010-yil boshida "Inter"ga oʻtdi. „Neradzurri“da oʻynab, Pandev koʻplab sovrinlarni qoʻlga kiritdi, jumladan, 2010-yilda A Seriya, Italiya Kubogi va UEFA Chempionlar Ligasida gʻalaba qozondi. 2021-yil 22-aprelda u Yevropaning kuchli beshlik futbol ligalaridan birida 100 ta gol urgan birinchi makedoniyalik futbolchi bo‘ldi. U 2021-yilda UEFA Yevro-2020 dan soʻng xalqaro futboldagi faoliyatini tugatishga qaror qilgunga qadar Shimoliy Makedoniya terma jamoasi sardori boʻlgan. U 38 ta gol bilan mamlakat tarixidagi eng yaxshi toʻpurar hisoblanadi.
Xalqaro maydonlarda Pandev Makedoniya terma jamoasidagi debyutini 2001-yil iyun oyida FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Turkiyaga qarshi safarda oʻtkazdiGoran Pandev profile at MacedonianFootball.comAppearances for (North) Macedonia National Team — RSSSF. 2009-yil 12-avgustda Ispaniyaga qarshi o‘yinda ikkita gol urib, Gjorji Xristovni ortda qoldirib, milliy terma jamoaning barcha vaqtlardagi eng yaxshi to‘purariga aylandi.
U 2015-yilda terma jamoadagi faoliyatini yakunlamoqchi edi, ammo milliy murabbiy Igor Angelovski oʻynashni davom ettirishga koʻndirgan. U 2020-yil noyabr oyida Shimoliy Makedoniyaning Yevro-2020 pley-off o‘yinida Gruziya ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda jamoaning yagona golini urdi va bu o‘z mamlakatiga birinchi marta yirik xalqaro turnirga yo‘llanma oldi. Turnirda u Shimoliy Makedoniya terma jamoasining yirik turnirdagi ilk golini kiritdi va Yevro-2020 da Avstriyaga qarshi debyut uchrashuvida.
Oʻyin uslubi Barcha davrlarning eng buyuk makedoniyalik hujumchisi. Pandev tezkor, ijodkor va mehnatsevar, yaxshi texnikaga ega, o‘zining fursati va aniq zarbasi tufayli ham gol yaratishga, ham gol urishga qodir bo‘lgan chap qanot hujumchisi., shuningdek, uning koʻrish va oʻtish qobiliyati juda yaxshi rvojlangan edi. U bir nechta hujumkor pozitsiyalarda, oʻngda yoki maydonning markazida oʻynashga qodir va u odatda yordamchi rolda, hujimchi, ikkinchi hujumchi yoki hujumkor yarim himoyachi sifatida ishlaydi.
Shaxsiy hayot Goran Pandev Nada Pandevaga uylangan va ularning Filippo, Ana va Sofiya ismli uch farzandi bor. Uning ukasi Sashko ham futbolchi. 2019-yilda Pandev Neapolda Italiya fuqaroligini oldi.
2010-yilda u vatani Shimoliy Makedoniyada Akademiya Pandev nomli futbol akademiyasiga asos solgan. Ularning katta jamoasi hozir Shimoliy Makedoniya Birinchi ligasida oʻynaydi va 2019-yilgacha bir martalik kubok gʻolibi hisoblanadi.
Faoliyat statistikasi
Klub +Chempionatlardagi natijalariKlubMavsumLeagueNational CupYevropaBoshqaJamiChempionatOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarBelasica2000-01Macedonian First League186———186Inter Milan2001-02Serie A————00Spezia (loan)2002-03Serie C1224———224Ancona (loan)2003-04Serie A20110——211Lazio2004-05Serie A2531041—3042005-06Serie A351131——38122006-07Serie A361133——39142007-08Serie A32145085—45192008-09Serie A31966——3715Jami159481810126—18964Inter Milan2009-10Serie A1932060—2732010-11Serie A2724071424252011-12Serie A1000000010Jami4756013142708Napoli (loan)2011-12Serie A306517000427Napoli2012-13Serie A3361060114172013-14Serie A2973091—418Jami9219912211112422Galatasaray2014-15Süper Lig401073000177Genoa2015-16Serie A15010——1602016-17Serie A20334——2372017-18Serie A32510——3352018-19Serie A26420——2842019-20Serie A34910——3592020-21Serie A29710——3072021-22Serie A20020——220Jami17628114——18732Parma2021-22Serie B111———111Umumiy549112552250853659145
Xalqaro +Milliy terma jamoa va yil boʻyicha koʻrinish va gollar Milliy terma jamoa YilXalqaro oʻyinlarGollar Shimoliy Makedoniya 2001 1 0 2002 3 1 2003 5 1 2004 8 4 2005 7 3 2006 5 1 2007 5 1 2008 8 3 2009 10 8 2010 4 1 2011 5 1 2012 7 1 2013 7 1 2016 8 1 2017 9 4 2018 7 2 2019 9 1 2020 6 2 2021 8 2 Jami 122 38
Izohlar
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Makedoniyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FK Belasica futbolchilari Turkum:Inter Milan futbolchilari Turkum:Spezia Calcio futbolchilari Turkum:AC Ancona futbolchilari Turkum:SS Lazio futbolchilari Turkum:SSC Napoli futbolchilari Turkum:Galatasaray S.K. futbolchilari Turkum:Genoa CFC futbolchilari Turkum:Parma Calcio 1913 futbolchilari Turkum:Makedoniya Birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Serie B futbolchilari Turkum:Serie C futbolchilari Turkum:Turkiya Super Ligasi futbolchilari Turkum:UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Makedoniyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Shimoliy Makedoniya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Shimoliy Makedoniya 21 yoshgacha milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Shimoliy Makedoniya yoshlar milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:FIFA erkaklar markaziy klubi