Viktor Aleksandrovich Karpenko (; 1977-yil 7-sentyabr) – nafaqadagi oʻzbek professional futbolchisi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan. 2003-yildan 2014-yilgacha Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. Hozir murabbiy.
Jamoalardagi faoliyati Professional faoliyatini 1997-yilda „Buxoro“ klubida boshlagan. 1999-yilda Zarafshonning „Qizilqum“ jamoasida oʻynagan. 2000-yilda Rossiyaga koʻchib oʻtgan va u yerda Yaroslavlning „Shinnik“ jamoasida oʻynagan. 2002-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Shinnik Viktorni oʻsha paytda birinchi divizionda oʻynagan „Lokomotiv Chita“ jamoasiga ijaraga bergan. Chita jamoasi tarkibida 14 ta gol urgan. 2005-yilda Viktor Qozogʻistonga koʻchib oʻtgan va u yerda Olmaotaning „Qayrat“ jamoasida oʻynagan. 2007—2012-yillarda Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasida oʻynagan. 2013-yil 26-yanvarda Karpenko Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2015-yilning avgust oyida esa „Bunyodkor“ jamoasiga qaytgan.
Xalqaro Karpenko 2003-yilning 2-aprelida Belarus terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (2:2) debyut oʻyinini oʻtkazgan. 2003—2014-yillar oraligʻida Karpenko Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi tarkibida 61 ta oʻyinda maydonga tushgan va 4 ta gol muallifi boʻlganUzbekistan – Record International Players . 2007-yilda Rauf Inileyev Viktorni 2007-yilgi Osiyo Kubogida ishtirok etuvchi yakuniy tarkibga kiritgan. Viktor turnir davomida 3 ta oʻyin oʻtkazgan: Malayziyaga (5:0), Xitoyga (3:0) va chorak finalda Saudiya Arabistoniga qarshi (1:2) oʻyinlarda ishtirok etgan. Karpenko Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida soʻnggi bor 2014-yilning 29-may kuni Ummonga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan.
Murabbiylik Futbolchilik faoliyatini tugatgandan soʻng Karpenko „Bunyodkor“ klubiga murabbiy boʻlgan.
Yutuqlar
Klub
Bunyodkor
Oʻzbekiston ligasi (4): 2008, 2009, 2010, 2011 Oʻzbekiston kubogi (3): 2008, 2010, 2012 Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finali (2): 2008, 2012
Lokomotiv
Oʻzbekiston kubogi (1): 2014-yil Oʻzbekiston Ligasi ikkinchi oʻrinchisi (1): 2013-yil Rossiya chempionatining birinchi divizioni gʻolibi: 2001-yil
Manbalar
Havolalar
Viktor Karpenko Transfermarkt saytida (murabbiy proili)
Viktor Karpenko Transfermarkt saytida (futbolchi proili)
Turkum:1977-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Buxorolik sportchilar Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:FC Shinnik Yaroslavl futbolchilari Turkum:Qayrat klubi futbolchilari Turkum:FC Sokol Saratov futbolchilari Turkum:FC Chita futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Bunyodkor futbol klubi murabbiylari Turkum:Buxoro klubi murabbiylari Turkum:Osiyo Kubogi 2007 futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2011 futbolchilari