"Timeless 3: Zumrad kitobi" - (nemischa nomi: Smaragdgrün) Kerstin Geer trilogiyasi syujeti asosida shahar fantaziyasi, melodrama va xrono-fantastika elementlaridan iborat nemis ilmiy-fantastik filmining yakuniy qismidir. Ushbu film „Timeless“ turkumli kitoblarning soʻnggisi va ularning davomidir.
Syujeti Yuragi singan va his-tuygʻulari oyoq osti qilingan boʻlsa, nima qilish kerak? Eng yaqin doʻstibilan soatlab telefonda gaplashsinmi? Shokolad yeb, yotoqda yotsinmi, koʻz yosh toʻksinmi? Afsuski, Gvendolinning bunga vaqti yoʻq. Buning sababi, hayotining oʻn yettinchi yilida u tasodifan vaqt sayohatchisining geniga egalini bilib qoladi. Uning boshi tushunarsiz va anglab boʻlmas yangoiliklardan aylanmoqda: xronograf, qon doirasi, oʻn ikki sir, barcha otishmalar va kechalar, janglar va oʻtmishning qorongʻu labirintlari boʻylab sayohatlar va endi uning ortida boshqa birov borligi va u haqiqatan ham yagona narsa omon qolishni oʻylashiga toʻgʻri keladi! Barcha mavzular oʻtmishga, yaʼni abadiyat manbaini olish uchun xavfli oʻyin oʻynaydigan sirli Graf Sen-Jermenga olib boradi...
Film syujeti Gvendolinning Gideondan koʻngli qolish qismlaridan boshlanadi: Gideonning sevgi izhori - bu Graf Sent-Jermen uchun oʻyin-kulgu sifatida koʻriladi. Bir necha vaqt sayohatchilarining kelajagini Graf oʻtmishdoshlari oldiga sayohat qilib yoʻq qiladi. Ammo keyinchalik tushunarsiz bir narsa sodir boʻladi va Gvendolinning dunyosi yana ostin-ustun boʻladi. Yoshlar oʻtmish sari umidsiz sayohatga otlanishadi. Toʻplar, taʼqiblar - bu qahramonlarni kutayotgan narsa edi. Ammo eng muhim savol shuki: Gvendolinning singan yuragi qayta tiklanishi mumkinmi?
Relizi Film ilk bor 2016-yil 24-iyun kuni Myunxen xalqaro kinofestivalida namoyish etiladi. 7-iyul kuni filmning premyerasi butun Germaniya boʻylab boʻlib namoyish etilishni boshlaydi. Iyul oyi davomida film ham ekranlarga chiqadi. Filmning bosh aktyorlarini, jumladan, Mariya Erix, Yanis Nivener va Laura Berlinlar ijro etishadi.
Suratga olish ishlari 2015-yilning 14-aprelidan 14-iyuniga qadar Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Turingiya, Bavariya va Shotlandiyada trilogiyaning yakuniy qismlari suratga olinadi. Soʻnggi filmning byudjeti 750 000 yevroni tashkil etadi.
Rollarda Rol Aktyor (aktrisa) Gvendolin Sheferd Mariya Erix Gideon de Villier Janis Nivener Graf Sent-Jermen Piter Simonishek Sharlotta Montrouz Laura Berlin Lyusi Montrouz Jozefina Preuss Pol de Viller Florian Bartolomey Folk de Viller Uve Kokisch Arista xonim Gerlinde Loker Meddi buvi Katarina Talbax Greys Sheferd Veronika Ferres Rafael Bertelin Lion Vazchik Lesli Xey Jennifer Lotsi Rossini xonim Justina del Korte Arvoh Jeyms Kostya Ulmann Amelia xonim Emiliya Shule Leopold Marley Frederik Valter
Mukofotlar va nominatsiyalar Mukofotlar va nominatsiyalar Sovrin Yil Turkum nomzod Natija Yupiter mukofoti 2017 Eng yaxshi milliy aktyor Janis Nivener Nominatsiya
Ishlab chiqaruvchi tashkilot
Ishlab chiqarish: Lieblingsfilm GmbH Qoʻshma ishlab chiqarish: mem-film GmbH, Geißendörfer Film- und Fernsehproduktion KG, Tele München Fernseh GmbH & Co. Produktionsgesellschaft Efirga tarqatilishi: Concorde Filmverleih Toʻplam dizayni: Ralf Shrek Garderob: Aleksandr Beck Pardozchi: Anette Keiser, Niciy Axt, Rene Jordan Tahrirlovchi: Nikol Kortlüke Soundtrack: Filipp F. Kölmel Ovozlashtiruvchi: Magnus Pflüger
Manbalar
Havolalar
"Vaqtsiz. Zumrad kitobi" - aniq chiqarilgan sana. Filmning rasmiy sayti. Facebookdagi sahifa Turkum:2016-yil filmlari Turkum:Feliks Fuksshtayner filmlari Turkum:Vaqt ichida o'ylab sayohatchilar Turkum:Vaqt bo'ylab sayohat