Lloyd Jeyms Ostin III ( ) – 1953-yilning 8-avgustida AQShning Alabama shtatida dunyoga kelgan amerikalik davlat arbobi va harbiy yetakchisi, AQSh armiyasi generali, 2013—2016-yillarda — AQSh Markaziy qoʻmondonligi rahbari. 2020-yil 7-dekabrda Ostinning Jo Bayden kabinetida AQSh mudofaa vaziri lavozimiga tayinlanishi eʼlon qilingan. 2021-yil 22-yanvarda u AQSh Senati tomonidan AQSh Mudofaa vaziri lavozimiga tasdiqlangan.
Hayoti Lloyd Jeyms Ostin III 1953-yil 8-avgustda Alabama shtatining Mobile shahrida dunyoga kelgan. Lloyd Ostin Jorjiyada voyaga yetgan. U 1975-yil iyun oyida Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy Akademiyasini (Vest Point) bakalavr darajasi bilan tamomlagan. Shu bilan birgalikda Ostin Auburn universitetida taʼlim boʻyicha magistr darajasini va Webster universitetida biznes boshqaruvi boʻyicha magistr darajasini olgan. thumb|265x265px|General Lloyd Ostin AQSh armiyasi qoʻmondonligi va bosh shtabi kolleji va AQSh armiyasi harbiy kollejini tagatgan.
Vest-Poyntni tugatgandan soʻng, Ostin leytenant unvonini olgan. Va shundan keyin unga yuklatilgan ilk vazifa Germaniyadagi 3-(mexanizatsiyalashgan) piyodalar diviziyasida boʻlib, u yerda 1-batalyon miltiq otryadi komandiri, 7-piyoda polkida va razvedka rotasi komandiri lavozimida faoliyat yuritgan. Ilgʻor piyoda ofitserlar tayyorlashni tugatgandan soʻng, u Shimoliy Karolina shtatidagi Fort Bragg shahridagi 82-havo-desant diviziyasiga joʻnatilgan, u yerda 2-batalyon (havo-desant) jangovar yordam kompaniyasi 508-piyoda polkiga qoʻmondonlik qilgan va komandir yordamchisi boʻlib faoliyat yuritgan.
Keyinchalik u 1- brigada, 10-togʻ diviziyasi qoʻmondoni etib tayinlangan, keyinroq Nyu-Yorkdagi Fort Drumda diviziyaning rejalashtiruvchisi, oʻqitish, safarbarlik va xavfsizlik boʻyicha ofitseri etib tayinlandi. link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/ee/Colonel_Lloyd_Austin_as_a_commander_of_the_3rd_Brigade%2C_505th_Parachute_Infantry_Regiment_at_a_Tactical_Operations_Center.jpg/220px-Colonel_Lloyd_Austin_as_a_commander_of_the_3rd_Brigade%2C_505th_Parachute_Infantry_Regiment_at_a_Tactical_Operations_Center.jpg|thumb| Polkovnik Lloyd Ostin 1998-yil 2006-yil 8-dekabrda Ostin general- leytenant lavozimiga koʻtarildi va Shimoliy Karolina shtatidagi Fort Bragg 18-havo desant korpusiga qoʻmondonlikni qabul qilib olgan.
2009-yil avgust oyida Ostin Birlashgan shtab boshliqlari qoʻmitasi direktori (rais yordamchisi) etib tayinlangan.
2012-yil yanvar oyida Ostin AQSh armiyasi shtab boshligʻining oʻrinbosari boʻlgan.
2013-yil mart oyida Ostin Amerika Qoʻshma Shtatlari Markaziy qoʻmondonligining qoʻmondoni etib tayinlangan.
U bu lavozimda 2016-yilning mart oyiga qadar faoliyat yuritgan hamda undan keyin Qurolli Kuchlar safidan nafaqaga chiqqan.
Isteʼfoga chiqqanidan soʻng, u Raytheon Technologies boshqaruv kengashi aʼzosi boʻldi.
Amerika Qoʻshma Shtatlari Mudofaa vaziri thumb|212x212px|Mudofaa vaziri Lloyd Jeyms Ostin IIIning Braziliyaga tashrifi, 2022-yil iyul. 2020-yil 7-dekabrda Ostin Baydenning boʻlajak kabinetida Mudofaa vaziri boʻlishi eʼlon qilindi. Hamda 2021-yil 22-yanvarga kelib, AQSh Senati ushbu nomzodni aynan shu lavozimga tasdiqladi.
Sovrinlar va mukofotlari
link=Fayl:Defense_Distinguished_Service_Medal_ribbon.svg|60x60px Mudofaa vazirligining „Buyuk xizmatlari uchun“ medali link=Fayl:Distinguished_Service_Medal_ribbon.svg|60x60px AQSh armiyasining xizmatlari uchun medali thumb|212x212px|General Lloyd Ostin, 2021-yil.link=Fayl:SilverStar.gif|60x60px Silver Star (AQSh) link=Fayl:US_Defense_Superior_Service_Medal_ribbon.svg|60x60px „Buyuk xizmatlari uchun“ medali (AQSh) link=Fayl:Legion_of_Merit_ribbon.svg|60x60px Faxriy legion ordeni link=Fayl:Defense_Meritorious_Service_Medal_ribbon.svg|60x60px „Buyuk xizmatlari uchun“ medali (AQSh) link=Fayl:Meritorious_Service_Medal_ribbon.svg|60x60px Maqtovli xizmat medali (AQSh) link=Fayl:Joint_Service_Commendation_ribbon.svg|60x60px „Buyuk xizmatlari uchun“ medali link=Fayl:Army_Commendation_Medal_ribbon.svg|60x60px Armiya xizmatlari uchun medali link=Fayl:Army_Achievement_Medal_ribbon.svg|60x60px Armiya yutuqlari medali
link=Fayl:Expert_Infantry_Badge.svg|150x150px Usta piyoda askar nishoni
link=Fayl:US_Army_Airborne_master_parachutist_badge.gif|100x100px Parashyutchi nishoni
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1953-yilda tugʻilganlar Turkum:8-avgustda tugʻilganlar