Pavel Mixaylovich Lessar (1851-yil, Usmonlilar imperiyasi – 1905-yil 21-aprel, Pekin, Sin imperiyasi) – rus harbiy muhandisi va diplomati, Markaziy Osiyo yurishlari ishtirokchisi, Rus imperiyasining Xitoydagi elchisi. Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi.
Tarjimai holi Pavel Lessar Odessada nomdor fransuzlar, mayor Mixail Lukich Lessar (Lessard/Lessart)Bil adʼyutantom komanduyuщego 2-go rezervnogo kavaleriyskogo korpusa. va uning rafiqasi Genrietta Semyonovna Stifellar oilasida tugʻilgan. Lessar „Temir yoʻl muhandislari institutini“ tamomlagandan soʻng, 1877—1878-yillarda boʻlib oʻtgan rus-turk urushi paytida Poti portini qurishda ishtirok etgan. Prut orqali temir yoʻl koʻprigi qurib bitkazilgach, rus armiyasida aloqa tizimi boʻyicha muhandis sifatida faoliyat yuritadi. Urush tugagandan soʻng, bir muncha vaqt Bolgariyada temir yoʻl tadqiqotlari bilan shugʻullangan. Biroq, 1879-yilda, oʻsha paytda Transkaspiy mintaqasida turkman-takalarga qarshi urushga tayyorlanayotgan harbiy ekspeditsiya tarkibiga yuboriladi.
General M. N. Annenkov boshchiligida Pavel Lessar Krasnovodsk (hozirgi Turkmanboshi)dan Qizilarvot (hozirgi Serdar)gacha boʻlgan temir yoʻl qurilishida ishtirok etadi. 1880-yilning ikkinchi yarmida general Petrusevich qoʻl ostida dala qoʻshinlari tarkibida muhandis sifatida xizmat qilgan va Goʻktepa (hozirgi Ashxobod) yoʻnalishidagi muhim oraliq nuqtalarni egallashda qatnashgan va bir necha bor takalar bilan toʻqnashuvlarda jang qilgan.
Lessar Axaltaka vohasi M. D. Skobelev tomonidan bosib olinib, Turkmaniston tinchlantirilgandan soʻng, Mixaylovskiy koʻrfazi (hozirgi Krasnovodsk qoʻltigʻi)dan Qizilarvotgacha va Ashxoboddan Saraxsgacha muhandislik-geologik tadqiqotlar olib boradi. Eron va Afgʻonistonning chegaradosh hududlariga bir necha bor razvedka safarlarini amalga oshiradi. Transkaspiy temir yoʻlida muhandis boʻlib ishlaydi. 1884-yilgi Marvning bosib olinish paytida general A. V. Komarovga hamrohlik qiladi. 1885-yilda Kushkin jangidan keyin Turkmaniston va Afgʻoniston oʻrtasidagi chegara chizigʻini aniqlash boʻyicha uch tomonlama ingliz-afgʻon-rus komissiyasiga tuziladi.
Oʻrta Osiyoda olib borgan kuzatishlari hamda „Izvestiya IRGO“da chop etilgan ishi uchun Lessar Rossiyasi imperiyasi geografiya jamiyat tomonidan kumush medal (1882-yilda) va kichik oltin medal (1883-yilda) bilan taqdirlangan. Shuningdek, tadqiqotlarining bir qismi Bosh shtabning Harbiy ilmiy qoʻmitasi tomonidan maxfiy „Osiyo boʻyicha geografik, topografik va statistik materiallar toʻplami“da nashr etilgan.
U 1890-yilda Buxoro amirligiga siyosiy agent etib tayinlangan hamda ushbu lavozimda 1895-yilgacha faoliyat olib borgan. Ushbu agentlik Rossiyaning Novaya Buxara qishlogʻi (hozirgi Kogon shahri)da Transkaspiy temir yoʻlining Buxoro stansiyasi yaqinida joylashgan ediStansiya voznikla na meste bivshego zdes uzbekskogo kishlaka Xokan (Kagan).. Pavel Lessar amirlikning sud qismini yaxshilash loyihasi ustida ishlagan. 1893-yilgi qonun sud masalalarida Buxoro amirligidagi nasroniy xorijliklarni rus fuqarolariga, nasroniy boʻlmagan xorijliklarni esa buxoriylar bilan teng huquqli deya eʼrifot etdi. Lessarning talabiga binoan 1893-yilda Buxoroga muhandis sifatida Gelman tayinlandi. Uning zimmasiga amirlikning sugʻorish, yirik yoʻllar va dovonlarni qurish va taʼmirlash, shuningdek, Zarafshon daryosi suvlarining Rossiya va Buxoro yerlari oʻrtasida taqsimlanishini nazorat qilish yuklangan edi.
Buxorodan keyin Lessar Londonda Rossiyaning Osiyo ishlari boʻyicha siyosiy agenti sifatida mehnat qildi.
1901-yil 29-sentabrda Lessar M. N. Girs oʻrniga imperiyaning Pekindagi favqulodda va muxtor elchi si etib tayinlandi. U 1902-yilning 8-aprel sanasida Pekinda mamlakat tashqi ishlar vazirligi vakillari, shahzoda Sin va Van Venshao bilan Manchuriya boʻyicha bitim imzolaydi. Shartnomaga koʻra, ushbu mamlakat „Xitoy imperiyasining ajralmas qismi“, deya tan olinadi va Rossiya oʻz qoʻshinlarini, bir yarim yil ichida, agar „hech qanday tartibsizliklar yuzaga kelmasa va boshqa kuchlarning xatti-harakati bunga toʻsqinlik qilmasa“ u yerdan olib chiqish majburiyatini oladi. Shuningdek, Shanxayguan—Yingkou—Sinminting temir yoʻlini egalariga qaytarish ham ruslar majburiyatining bir qismi boʻlgan. Xitoyda boʻlgan paytida Lessar Yaponiya bilan bogʻliq siyosiy ziddiyatlarga keskin qarshilik koʻrsatadi. Xususan, A. N. Kuropatkin, Yalu daryosidagi rus oʻrmonlariga faqat tijorat xarakterini berishi kerakligi haqida shartlarga qarshi kurashadi.
Pavel Mixaylovich Lessar 1905-yilning aprel oyida Pekinda vafot etdi.
– deydi nekrologlardan biri"Nastolniy Kalendar-Spravochnik" – Kiev, 1907 g..
P. M. Lessarning jasadi boʻlgan sink tobut 1905-yil kuzida Port Artur mudofaasi qahramoni general R. I. Kondratenkoning qoldiqlari bilan birga Munich () paroxodi tomonidan Odessaga yetkazildi.
Adabiyotlar link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/15/Lessar_PM.jpg/220px-Lessar_PM.jpg|thumb| Pavel Mixaylovich Lessar 1895-yilda.
Voennie jeleznodorojnie postroyki russkoy armii v kampaniyu 1877—1878 gg. SPb., 1879 Voennie puti soobщeniya na indo-afganskoy granitse. // „Sbornik geograficheskix, topograficheskix i statisticheskix materialov po Azii“ (SMA). Vip. XLI. SPb., 1890 Zametki o Zakaspiyskom krae i sopredelnix stranax. // „Izvestiya Imperatorskogo Russkogo geograficheskogo obщestva“ (IIRGO). T. XX. Vip. 1. S. 1—87. SPb., 1884 Mervskie xani. Polojenie Merva i Ateka v konse 1882 goda. // SMA. Vip. VI. SPb., 1883. S. 62—82. Oksus. Yego drevnee soedinenie s Kaspiyskim morem. Tashkent, 1891 O raspredelenii vod Kelata i Deregeza mejdu etimi xanstvami i Atekom. Vostochniy bereg Tedjena u Seraksa i yujnee ego. // SMA. Vip. VI. SPb., 1883. S. 39—61. Peski Kara-kum. Puti soobщenii Zakaspiyskoy oblasti s Xivoyu, Mervom i Buxaroyu. // SMA. Vip. VI. SPb., 1883. S. 83—121. Poezdka v Seraks. // IIRGO. T. XVIII. SPb., 1881 (Otdelnoe izdanie: SPb., 1882) Po povodu stati gornogo injenera A. Konshina „Putevie zametki o Karakumskix peskax“. // IIGRO. T. XIX. SPb., 1883 (sovmestno s A. E. Gedroysem) Puti iz Asxabada k Geratu (1882 g.) // SMA. Vip. VI. SPb., 1883. S. 1—38. Svedeniya o Kafiristane // SMA. Vip. XXIX. SPb., 1888 Yugo-zapadnaya Turkmeniya. // SMA. Vip. XIII. SPb., 1885 (Otdelnoe izdanie: SPb., 1895) Yugo-zapadnaya Turkmeniya. (Zemli sarikov i salorov). // IIRGO. T. XXI, vip. 1. SPb., 1885. S. 1—79 (sokraщyonnoe izdanie).
Manbalar
Qoʻshimcha oʻqish uchun Soroka M. Ye. Portret rossiyskogo diplomata: Pavel Mixaylovich Lessar (1851—1905) // Novaya i noveyshaya istoriya. – 2012. – № 4. – S. 123—136. Romanov B. A. Ocherki diplomaticheskoy istorii russko-yaponskoy voyni. – M.—L., 1955 Terentev M. A. Istoriya zavoevaniya Sredney Azii. T. 3. – SPb., 1903 Lessar, Pavel Mixaylovich // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). – SPb., 1890—1907.
Havolalar
Turkum:1905-yilda vafot etganlar Turkum:21-aprelda vafot etganlar Turkum:1851-yilda tugʻilganlar Turkum:Rossiya imperiyasining Buxorodagi elchilari Turkum:Rossiya-Turkiya urushi qatnashchilari (1877—1878) Turkum:Faol davlat maslahatchilari Turkum:Rossiyalik sharqshunoslar