Murolimjon Murodiljonovich Ahmedov (1992-yil 5-yanvarda Botken viloyatidagi Uch-qoʻrgʻon qishlogʻida tavallud topgan) – qirgʻizistonlik professional futbolchi, Qirgʻiziston milliy terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi.

Faoliyati

Klubdagi faoliyati 2012-yildan boshlab Qirgʻiziston oliy ligasida Oʻshning „Oloy“ futbol klubi safida oʻz faoliyatini boshladi va olti mavsumni oʻtkazib, shu vaqt mobaynida uch karra Qirgʻiziston chempioni (2015—2017-yillar) va koʻp karra mamlakat chempionatining sovrindoriga aylandi.

2017-yilda u Qirgʻizistonning eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etildi. Ahmedov Osiyo klublari turnirlarida qatnashgan.

U Tojikistonning „Xoʻjand“ va Turkiyaning „Samolyukspor“ havaskorlar klubiga oʻtish uchun koʻrikdan oʻtgan.

2018-yilda futbolchi Bishkekning „Dordoy“ klubiga transfer qilinib, oʻsha mavsum doirasida qatorasiga toʻrtinchi bor Qirgʻiziston chempioni boʻldi. Shuningdek, mamlakat kubogini ham qoʻlga kiritdi.

Ahmedov 2020—2021-yillarda Bangladesh chempionatida Bangladesh Police klubi safida toʻp surgan.

Terma jamoadagi faoliyati 2014-yilda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida Qirgʻizistonning olimpiya tema jamosi safida 2 ta oʻyin oʻtkazgan.

U 2017-yilning 13-iyun kuni Hindistonga qarshi boʻlib oʻtgan debyut uchrashuvini Qirgʻiziston terma jamoasi safida oʻtkazib, oʻyinning 81-daqiqasida Viktor Mayer oʻrniga maydonga tushdi.

Ahmedov, shuningdek, 2019-yilgi Osiyo Kubogida qatnashgan, ammo biror marta ham maydonga tushmagan.

Mukofotlari 2017-yilda – Qirgʻizistonning eng yaxshi futbolchisi

Manbalar

Havolalar

Murolimjon Ahmedov Transfermarkt saytida

Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:5-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Qirgʻizistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Qirgʻiziston milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:FC Alay futbolchilari Turkum:FC Dordoy Bishkek futbolchilari Turkum:Neftchi Qoʻchqor-ota futbolchilari Turkum:Nur-Botken klubi futbolchilari Turkum:Bangladesh Police FC futbolchilari Turkum:Saif Sporting klubi futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2014 futbolchilari Turkum:Bangladeshdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Qirgʻizistonlik muhojir erkak futbolchilar