link=//upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/e/ee/ZsuZsa_Ver%C3%B6ci_1982_Dortmunf.jpg/220px-ZsuZsa_Ver%C3%B6ci_1982_Dortmunf.jpg|thumb| Veroci 1982-yilda Dortmundda Zsuzsa Veroci (vengercha: [ˈʒuʒɒ ˈvɛrøːt͡si] ; 1949-yil 19-fevralda tugʻilgan) — vengriyalik ayol shaxmatchi. U ayol xalqaro usta (WIM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega. Shuningdek, u 1995-yildan beri FIDE xalqaro hakami hisoblanadi.
Hayoti Zsuzsa Veroci 1949-yil 19-fevralda Vengriyaning Budapesht shahrida tugʻilgan
Zsuzsa Verocining hozirgi FIDE reytingi 2253 ballga teng. 2003-yil iyulidan 2004-yil apreligacha boʻlgan eng yuqori reytingi esa 2315 ballni tashkil etgan..
Zsuzsa Veroci shaxmatning zamonaviy blits va rapid singari yoʻnalishlaridagi shaxmat musobaqalarida ishtirok etmagan. Uning koʻrsatkichlari anʼanaviy shaxmat musobaqalarida toʻplagan ballariga asoslanadi.
Shaxmatdagi faoliyati Veroci 1966—1992-yillarda ayollar shaxmat olimpiadasida Vengriya nufuzini oʻn marta himoya qilib, uchta shaxsiy kumush va ikkita bronza medallarini qoʻlga kiritgan.
Vengriya terma jamoasi tarkibida 10 ta Olimpiada musobaqalarida (1966-1974, 1978-1986 va 1992-yillar) ishtirok etgan. 1978—1986-yillarda Vengriya terma jamoasini boshqargan. Shu yildagi olimpiadalarda u ikki marta 1-taxtada oʻynab 2-oʻrinni egallaydi. 1980-yilgi musobaqada esa 10/13 ball, 1982-yilda 10½ /14 ball jamgʻaradi.
Veroci 1970-yillarning boshidan buyon jahon chempionati musobaqalarida ishtirok etib kelgan.
Xalqaro turnirlar:
O. Menorka (1973); Rosendal (1976); Rio-De-Janeyro (1979); Tbilisi (1982); Havana (1985); Tuzla (1987); Challenger (1980)dagi musobaqada N. Ioseliani tomonidan magʻlubiyatga uchradi— 3 : 6 (+0 −3 =6).
1969-yili Zsuzsa Veroci FIDE ayol xalqaro usta maqomini qoʻlga kiritdi. 1978-yilda esa u ayol grossmeyster unvoniga ham sazovor boʻldi. 2015-yildan buyon FIDE shaxmat treneri vazifasini bajarib kelgan. Bugungi kunda Zsuzsa Veroci shaxmatdagi faoliyatini toʻliq yakunlagan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1949-yilda tugʻilganlar Turkum:Shaxmatchi ayollar Turkum:Shaxmat grossmeysterlari Turkum:Shaxmat olimpiadasi ishtirokchilari