Sobirov Qayum Hamrayevich 1970-yil 5-sentyabrda Samarqand viloyatining Urgut tumanida tugʻilgan.
Ilmiy darajasi Maʼlumoti oliy. 1996-yilda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, 2003-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bitirgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Mehnat faoliyati 1987—1988-yillarda Samarqand viloyati, Urgut tumani, Kalinin xoʻjaligi ishchisi.
1988—1990-yillar Harbiy xizmatda.
1990—1992-yillarda Samarqand viloyati, Urgut tumani, Kalinin xoʻjaligi ishchisi.
1992—1994-yillar oraligʻida Samarqand viloyati, Urgut tumani, Qoratepa matlubot jamiyati (oʻrganuvchi hisobchi) hisobchisi.
1994-yil Samarqand viloyati „Ziyo“ tayyorlov savdo korxonasi hisobchisi.
1994—1996-yillarda Samarqand viloyati, Urgut tumani, Qoratepa matlubot jamiyati hisobchisi.
1996—1997-yillarda Davlat-tijorat „Xalq banki“ Samarqand viloyat boshqarmasi kredit resurslar va iqtisodiy meʼyorlar boʻlimi mutaxassisi.
1997—1999-yillarda Davlat-tijorat „Xalq banki“ Samarqand viloyat boshqarmasi muhosiblik va hisobot boʻlimi 1-toifali muhosibi va bosh muhosib oʻrinbosari.
1999—2001-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Samarqand viloyat Bosh boshqarmasi naqd pul muomalasi boʻlimi bosh iqtisodchisi.
2001—2004-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Samarqand viloyat Bosh boshqarmasi Iqtisodiy tahlil va kredit hisob-kitob munosabatlari boʻlimi bosh iqtisodchisi, Iqtisodiy tahlil boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, boʻlim boshligʻi.
2005—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Samarqand viloyat Bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, Pul muomalasini tartibga solish va monitoring boshqarmasi boshligʻi.
2007—2008-yillarda „Gʻallabank“ning Samarqand mintaqaviy filiali boshqaruvchisi.
2009—2012-yillarda Ochiq aksiyadorlik tijorat banki „Qishloqqurilishbank“ Samarqand mintaqaviy filiali boshqaruvchisi.
2012—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Samarqand viloyat Bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari.
2017—2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Samarqand viloyat Bosh boshqarmasi boshligʻi.
2020-yildan boshlab Jomboy tumani hokimi lavozimida faoliyat olib bormoqda.
2025-yil 26-fevral kuni boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Jomboy tuman hokimi lavozimidan ozod etildi
Oilasi Oilali. Uch nafar farzandi bor. Asarlari „Otamning izlari“ (2016); „Yolg‘izoyoq yo‘l“ (2019); „O‘zlikni izlab“ (2021). Mukofotlari "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni (2010); „Sodiq xizmatlari uchun“ medali (2019); „O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi“ ko‘krak nishoni (2021); "Mahalla iftixori" ko‘krak-nishoni (2022) „O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi“ ko‘krak nishoni (2022).
Manbalar
Turkum:Hokimlar Turkum:Jomboy tumani Turkum:Samarqand viloyati